Megaommetr
Megaommetr (Mega…, om va …metr) — katta (106 va undan yuqori) qarshiliklarni o’lchaydigan asbob. Tar- kibida o’zgaruvchan tok generatori (500 V kuchlanishgacha), Mom larga bo’lingan shkala, ikki ramkali magnitoelektr lo- gometr va qo’shimcha qarshiligi bo’lgan M. eng kengtarqalgan. Logometrning ramkalari ikkita parallel tarmoqlarni hosil qilib, ulardan biri o’lchanadigan qarshilikka ulanadi. M. yordamida izo- lyasiyaning elektr qarshiligini o’lchashda atrof muhitning t-rasi, namligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, elektron M. va raqamli hisoblash qurilmasi bo’lgan M.lar ham mavjud. M. yordamida elektr simlar, transformatorlar, elektr mashi- nalari chulg’amlari, kabellar, izolyasiya qarshiliklari, shuningdek, izolyasiya materiallarning sirtqi va hajmiy qarshiliklari o’lchanadi.