Mahsulot

Mahsulot — iqtisodiy faoliyat- ning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. ko’rinishiga ega. Ma’- naviyat sohasida g’oya, ixtiro va kashfiyot- lar, yangi texnologiyalar, i.t. natijalari va tajriba-konstruktorlik ishlanma-lari, informasion M.lar, adabiyot va san’at asarlari — intellektual M.lar yaratiladi. Xizmat ko’rsatish sohasida yaratila- digan va moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan M.lar, odatda, moddiy-ashyo shakliga ega bo’lmaydi. O’ziga xos xususiyati shundaki, uning foydali samarasini xizmatni yara- tish, ko’rsatish jarayonlaridan ajratib bo’lmaydi. Mac, vrachlar, o’qituvchilar xizmati M. oraliq va pirovard M.larga bo’linadi. Oraliq M. — ishlab chika- ruvchilardan ishlab chiqaruvchilarga so- tiladigan M. bo’lib, i.ch.ning keying bosqichlarida foydalanilishi b-n liro- vard M.dan farq qiladi. Mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan va yalpi qiymati bozor narxlarida hisoblangan jami milliy iqtisodietning piro- vard M.i yalpi ichki mahsulot (YAIM) ni tashkil qiladi.