Melburn

Melburn — Avstraliyaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. Viktoriya shta- tining ma’muriy markazi. Port-Fillip qo’ltig’i sohilida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1999); aholisining soni bo’yicha mamlakatda Sidneydan keyin 2-o’rinda. Shaharga 19-a.ning 30-y.larida asos solingan va Buyuk Britaniya bosh vazi- ri nomi b-n M. deb atalgan. 1901-27 y.larda Avstraliya Ittifoqi poytaxti. M. — mamlakatning muhim sano- at, savdomoliya va madaniyat markazi. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning eng katta porti (yillik yuk ortib-tu- shirish 20 mln. t); chetga g’alla, un, go’sht, jun, meva chiqariladi, chetdan fosforit, neft keltiriladi. Sanoatining etakchi tarmoqlari: kemasozlik va kema ta’mir- lash, avtomobilsozlik, stanoksozlik, q.x. mashinasozligi, to’qimachilik, oziq- ovqat va ko’n-poyabzal. Neftni qayta ish- lash, harbiy z-dlar bor. Shahar yaqinida qo’ng’ir ko’mir qazib chiqariladi. Un-t, Viktoriya Milliy muzeyi, Milliy Gale- Reya, Viktoriya kutubxonasi, konservato- riya, rasadxona, botanika bog’i va b. bor. M.da 1956 y.da 16-Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tgan.