Meteorologik raketa
Meteorologik raketa, Geo- fizik raketa — atmosfera yuqori qatlamlari (ayniqsa, meeosfera va io- nosfera)ni tekshirishda qo’llaniladigan asboblarni olib chiqadigan raketa. Unga o’rnatilgan meteorologik asboblar yorda- mida atmosfera t-rasi va bosimi, shamol yo’nalishi, havo tarkibi, kosmik nurlar, Er magnit maydonining joylashishi va b. aniqlanadi. Shuningdek, Quyosh nuri spektri va er sirti suratga olinadi. M. r. ko’tariladigan balandlik cheklangan (100-150 km), uning og’irligi nisbatan kichik (400-500 kg). Ko’pincha, massasi 80 kg gacha bo’lgan, taxm. 65-70 km ba- landlikka ko’tariladigan M. r. ishlati- ladi. M.r. har xil geografik r-nlardan, jumladan, Arktika va Antarktika, quruqlikdagi st-yalardan va kemalardan uchirilishi mumkin. M. r. 2 kism: dvigatel qurilmasi va apparat o’rnatiladigan ajraladi- gan (bosh) qismdan iborat. Meteorolo- gik asboblar M. r.ning bosh qismida bo’ladi. Raketaning bu qismi raketa korpusidan avtomatik tarzda ajralib, pastga maxsus parashyut yordamida tushi- riladi. M. r.ning radiosignallari er- dagi telemetrik st-yalar orqali qabul qilinadi. Meteorologik ma’lumotlar elektron-hisoblash mashinasi yordamida ishlab chiqiladi. M. r.lar t-raektoriyasi kinoteodolit, ballistik kamera, ra- diolokator, radiodopler tizimi va b. b-n boshqariladi. M. r. atmosfera hodisalariga aktiv ta’sir qilishda ham ishlatilmoqda.