Mamont
Mamont (Mammuthus primigenius) — fillar oilasiga mansub qirilib ketgan sut emizuvchi xayvon. Pleyston 2-yarmida Evropa, shim. Osiyo va Jan. Amerikada yashagan. Suyak qoldiklari Tosh davrida odamlar yashagan joylar- dan, yaxshi saqlangan jasadlari Sibir va Alyaskada muz qatlamlaridan topil- gan. M.ning bo’yi 2,5—3,5 m, og’irligi 7 t gacha, oyoqlari kalta, juni uzun bo’lgan. Og’zidan chiqib turadigan tishlarining uz. 4 m, og’irligi 100 kg gacha kelgan. Bu tishlar yordamida M. qishda qor osti- dan ozig’ini kovlab olgan. Jag’tishlari yordamida dag’al usimliklardan iborat ozig’ini maydalagan. M.ning topilgan qismlaridan tiklangan tulumi va skele- ti Rossiya FA Zoologiya in-ti muzeyiga (Sankt-Peterburg sh.) qo’yilgan.