MURZAK-KOBA
MURZAK-KOBA — mezolit davri- ga oid g’or. Qrimning Sevastopol sh. yaqinida joylashgan. 1936 y. S.N. Bibi- kov va E. V.Jirov topgan va o’rgangan. Uning madaniy qatlamida mikrolit- lar, xususan, kesgichlar, qirg’ichlar, ta- rashlangan tosh parrakchalar, prizmatik nukleuslar va b. chaqmoqtosh qurollar, suyakdan yasalgan bigizlar, teshgichlar va garpunlar uchraydi. G’ordan kroman’- onlarning juft-juft ko’milgan (er va xotin) qabri ochilgan. Murda chalqancha yotqizilib, qabr usti tosh b-n berkitil- gan. Topilgan skeletlarning bosh suyakla- ri asosida antropolog M.M.Gerasimov ularning tashqi qiyofasini tiklagan. G’ordan bug’u, to’ng’iz, yovvoyi qo’y, ayiq, tulki, xonakilashtirilgan it, bo’rsiq va b. suyagi ham topilgan. Ad.: Gerasi mov M.M., Lyudi kamenno- go veka, M., 1964.