Mulla g’oyib

Mulla g’oyib, ko’r g’oyib, g’oyib — xalq ijodida yaratilgan afsonaviy obraz, baxshilar piri. Fozil Yo’ldosh o’g’lidan 1934 y.da yozib olingan. Do- stonda tasvirlanishicha, M. G’. Buxoro- lik bo’lib, shu erda taxsil olgan. Usto- zi Eshon namoz imomlik qilayotganda, orqada imomga iqtido qilib namoz o’qiyotgan qizlarga ikki bor nazartash- lagani uchun ko’r qilingan. Eshon M.G’.ga ko’zining xuni evaziga baxshilarning dastlabki Ilhom makoni murodbaxsh g’origa borib tunashga ruxsat bergan. Mu- rodbaxsh g’ori haqidagi afsonaga ko’ra, g’or oldida buloq bo’lib, g’orning to’rida vassa (toqi) yo’nib turgan usta (dev) bor. Agar bo’lajak baxshi g’or oldida tunab, buloq suvidan ichib, unga kira olsa, usta do’mbira yasab berib, juda oz fursat- da baxshilik yo’llarini o’rgatar ekan. Murodbaxsh g’ori oldida tunagan M. G’. ham bexosdan shoirlik salohiyatiga ega bo’lib, Buxoro ko’chalarida qo’shiq aytib yurganda, she’riyatni gunoh sanagan Amir uni zindonga tashlatadi. M. G’. zindonda ham so’z va sozning qadimiyligini, uning Odam Atodan qolganligini kuylab, zin- dondan qutulib ketadi. Dostonchilikni ilohiy, sirli san’at sifatida tushu- nishdagi qad. tasavvurlarga ko’ra, baxshi- lar M. G’. ni o’z pirlari hisoblaydilar.