Muborak

Muborak — Qashqadaryo viloyati Mu-Borak tumanidagi shahar (1974 y.dan). Tuman markazi. Qarshi—Buxoro t.y.dagi stantsiya. Kitob—qarshi—Buxoro po- ezdi qatnaydi. Viloyat markazi (qarshi sh.)dan 78 km shim.-g’arbda. Aholisi 23,8 ming kishi (2002). Asosan o’zbeklar, shu- ningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, Ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. M.da tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash z-Di, “Muborakneft- gaz” korxonasi, bosmaxona, 4 avtokorxo- na, 10 qurilishta’mirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va mai- shiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Umumiy ta’lim maktablari, maktabga- cha tarbiya muassasalari, sanoat kasb- hunar, tibbiyot, ped.-iqtisodiyot kollej- lari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport maj-muasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bog’i, Markaziy kasalxona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Suv b-n da- volash fizioterapiya shifoxonalari fao- liyat ko’rsatadi. M. yaqinida muborak gaz- kondensat koni joylashgan. M.dan ko- son, qarshi, Buxoro yo’nalishlari bo’yicha avtobuslar qatnaydi. Ba’zi mahalliy rivoyatlarga ko’ra, M. nomi Imom Buxo- riyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloq ibn Mu-Borak al-Marvaziyga atab barpo qilingan “Xo’jamuborak” kddshlog’i nomi dan olingan.