Moriak (Mauriac) Fransua

Moriak (Mauriac) Fransua (1885.11.10, Bordo — 1970.1.9, Parij) — frantsuz yozuvchisi. Frantsiya FA a’zosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshla- gan. Birinchi romani “zanjir jafosini tortgan bola” (1913)da qishloklik Yi- gitning Parijdagi sarguzashtlari tas- virlangan. “Moxovga hadya etilgan bo’sa” (1922), “Volida” (1923), “Tereza De- skeyru” (1927), “ilonlar o’rami” (1939), “Boshi berk ko’cha” (1939) kabi romanlari mashqur. 1943 y.da Frantsiya Kdrshilik harakatiga qo’shilib, Forez taxallusi b-n fashizmga qarshi maqolalar yozgan (“K,ora daftar”), uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan “maymun” (1951), “Xudo-yiga atalgan qo’zichoq” (1954), “O’tmish o’spirini” (1969) kabi romanla- ri mashhur. M. 1952-70 y.larda Frantsi- yada chiqadigan “Ekspress” va “Figaro” gaz.larida o’zining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan “yon daftar- lar” ini e’lon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy taxlil qilish va tabi- iy detallashtirish xos. “Roman” (1928), “Romannavis va uning personajlari” (1938), “Ruqi-yat xotiralari” (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari o’z ifodasini toptan. So’z san’atidagi har qanday modernizmta qarshi turgan M. hayotni qanday bo’lsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).