Morze kodi

Morze kodi, Morze alifbosi — telegraf aloqada qo’llaniladigan shart- li belgilar tizimi; nuqta va tirelardan iborat. S. Morze tujt. Harbir harfga muayyan nuqta va tirelar uyg’unlashuvi (kombinasiyasi) to’g’ri keladi. Nuqta va tirelar elektr toki impulslari tarzi- da uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda qisqa bo’lib, har qaysi belgi- ni belgilashda elementlar soni har xil (o’zgaruvchan kod) yoki bir xil (o’zgarmas kod) bo’lishi mumkin. Kod elementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli va b. xillarga bo’linadi. M.k. Morze AP- parati yordamida uzatiladi. O’zgaruvchan koddan kamroq, o’zgarmas koddan ko’proq foydalaniladi. Bunda nuqta va tire o’rnida plyus (+) va minus (—) belgilari ishlatiladi. M. k. hozir asosan radioha- vaskorlik aloqa tizimida qo’llaniladi (2003).