Morelos

Morelos — Meksikaning marka- ziy qismidagi shtat. Mayd. 4,9 ming km2. Aholisi 1,55 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Kuernavaka sh. Shtat Ko’ndalang vulkanli Serra tog’larining Jan. yon bag’ri va Morelos tog’larida (o’rtacha bal. 1500 m) joylashgan. Shim.da Popokatepetl (5452 m) harakatdagi vul- kani bor. Iklimi tog’tropik, mo”tadil nam iqlim. Kuernavaka sh. atrofida o’rtacha oylik t-ralar 15° dan 22° gacha, yillik yog’in 1000 mm. Shtat hududini Balsas daryosi va uning irmoqlari ke- sib o’tgan. Xo’jaligining asosini q.x. tashkil qiladi. Ekin maydonlarining ma’lum qismi sug’oriladi. Asosiy to- var ekinlari — sholi va shakarqamish. Mevachilik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy hunarmandchilik rivojlangan. Kuerna- Vaka — Meksikaning eng muhim tog’ku- rortlaridan biri.