Montana

Montana — AQShning shim.- g’arbiy qismidagi shtat. Tog’li Shtatlar guru-xida. Kanada b-n chegaradosh. Mayd. 380,8 ming km2. Aholisi 909,4 ming kishi (2002), shundan shahar aholisi 52%. Ma’muriy markazi — Xelina sh. Yirik shaharlari: Billings va Greyt- Fols. Shtatning g’arbiy qismini qoyali tog’lar egallagan, Sharqiy qismi Preriy platosidan iborat. Iklimi mo”tadil, kontinental iqlim. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -8°, iyulniki 20°. Yillik yog’in 350-400 mm. Yirik daryolari: mis- suri va uning irmog’i Yellouston. M. hududida Gleysher va Yellouston milliy parklarining bir qismi joylashgan. M. iqtisodiyotining etakchi tarmog’i — kon sanoati va ekstensiv q.x. Mis, qo’rg’oshin va rux eritish, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy q.x. ekinlari: bug’doy va qand lavlagi. Milliy parklarga ko’plab tu- ristlar keladi.