Monoklinal
Monoklinal (mono… va Yun. klino — engashaman) — tog’jinslari qatlamlarining bir tomonga bir tartib- da qiyalanib yotishi. Odatda, birorta keng va kiya yotgan ko’tarilma yoki qatlamlar bu- kilmasidan iborat bo’ladi. M., ayniqsa, antekliza va sinekliza qanotlariga man- sub bo’lib, platformalar uchun xarakter- li. Katta antiklinal yoki sinklinal bukilmalarning bir yon qanoti ham M. deb ataladi. Bunga Boltiq kristalli qalqoni Jan. yon bag’ridagi paleozoy qatlamlari hosil qilgan struktura mi- sol bo’ladi.