Monroviya

Monroviya — Liberiya poytaxti (1847 y.dan). Montserrado grafligi- ning ma’muriy markazi. Sent-Pol da- ryosining Atlantika okeaniga quyilish erida joylashgan. Aholisi 450 ming ki- shidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning o’rtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yi- liga 4800 mm dan ortiq yog’in yog’adi. M. — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Chetga temir rudasi, kauchuk, pal- ma mevasi mag’zi va moyi chiqariladi. 2 aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mam- lakat sanoat korxonalarining 60% M.da joylashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, engil, neftni k,ayta ishlash, kimyo. Yog’ochsozlik va qurilish materi-al- lari i.ch. ham rivojlangan. Shaharga 1822 y.da AQShda qullikdan ozodlikka chiqib ko’chib kelgan negrlar tomonidan asos solingan va AQSh Prezidenta J.Monro (1758-1831) nomi b-n atalgan. M.da dav- lat unti, kutubxona, milliy muzey va va b. bor.