Miya chayqalishi
Miya chayqalishi, kommosiya — bosh miyaning yopiq shikastlanishi; bunda bosh miyaning hammasi zararlanadi, miya to’qimalarining yaxlitligi buzilmaydi, lekin miya hujayralari va miya bo’laklari o’rtasidagi o’zaro bog’liklik vaqtincha yo’qoladi. Bu esa bosh miya faoliyatining buzilishiga olib keladi. M.ch., odatda, chayqalishning og’ir-engilligiga qarab engil, o’rtacha va og’ir bosqichda bo’ladi. Engil bosqichda shikastlangan kishi hushdan ketadi (ko’pincha qisqa muddat — 1-2 min.), sal boshi aylanadi, ko’ngli ayniydi, ba’zan qusadi, shikastlanish qanday sodir bo’lganini eslay olmay- Di. Bunda rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, nafas notekis bo’ladi. Bu bel- gilar 1-2 hafta davomida asta-sekin o’tib ketadi. Tegishli davo qilinsa, be- mor tezda so-g’ayadi. O’rtacha bosqichda be- mor 1-2 soat hushini yo’qotadi, hushiga kelgandan keyin ham qimirlamay yotadi, atrofdagilarga befarq qaraydi. Og’ir bosqichda kishi shikastlangan zahoti qattiq hushdan ketadi va bir necha sutka- gacha o’ziga kelmaydi, nafas va yurak FA- oliyati o’zgaradi. Uzoq vaqt boshi og’rib, aylanib turadi, ko’ngli aynib, qusadi. Shikastlangan kishi 4-5 hafta o’rinda yotishi, unga tamoman tinch holat yaratili- shi zarur. Shikastlangan kishini, albat- ta, kasalxonaga yotqizib davolash lozim.