Mimikriya
Mimikriya (ing. mimicry, Yun. minikos — taklidiy) — himoya vo- sitasiga ega bo’lmagan organizmning shunday vositaga ega bo’lgan yoki eb bo’lmaydigan organizmlarga takdidiy o’xshashligi; niqoblanish rangi va shak- llaridan biri. M. hayvonlarda himoya vositasiga ega bo’lmagan hayvonlarning atrof muhitdagi turli narsalarga, eb bo’lmaydigan yoki himoya vositalariga ega bo’lgan organizmlarga o’xshashligi. Mac, Qiziloyoq qush tuxumi rangi er rangiga, shakli toshga o’xshash bo’ladi. Ignabaliklar va dengiz otchalarining ko’rinishi suvo’tlarga o’xshaydi. Tropik o’rmonlardagi ko’pchilik ilonlar rangi va shakli daraxtlarga o’ralib o’sadigan lianalarga o’xshab ketadi. Avstraliya butazorlarida yashaydigan kaltakesa- klar tanasining sirti tikanlar b-n qoplangan. M. hayvonlar shakliga ham tegishli bo’lishi mumkin. Mas, Braziliya daryolarida tarqalgan bargbaliq xazon- ga, kallima kapalagi qurigan barglar- ga, beshiktervatarlar tanasining ran- gi va shakli o’simliklarga yoki qurigan butoqqa o’xshaydi. Ayrim beozor kapala- klar va ikkiqanotlilar zaharli arilar- ga, zaharsiz ilonlar rangi zaharli ilon- larga taqlid qiladi. O’simliklarda M. hayvonlarga o’xshab butun organizmga emas, balki ayrim organlarga tegishli bo’lib, foydali hayvonlar (mas, changlatuvchilar)ni jalb etish, zararkunandalarni qo’rqitish uchun xizmat qiladi. Mas, nektarsiz gullar ne- ktarli gullarga o’xshaydi. Hasharotlar bu gullardan shira qidirib, ularni Chan- glatadi. Hasharotxo’r o’simliklar tutqich apparati oqish rangli gulga o’xshashligi tufayli hasharotlarni jalb qiladi. Gulga qo’ngan hasharotlar qopqonga tu- shib qoladi.