MESOPOTAMIYA PASTTEKISLIGI
MESOPOTAMIYA PASTTEKISLIGI — G’arbiy Osiyodagi pasttekis- lik. Asosiy qismi Iroq, qolgan qismi Eron, Kuvayt, Suriya hududlarida, DAJ- la, Furot va Qarun daryolari havzasining quyi qismida, tog’oldi bukilmasida joy- lashgan. Bukilma usti daryolar keltirgan allyuviy jinslar, Fors qo’ltig’ining dengiz cho’kindilari va tog’lardan nu- ragan toshlar b-n to’lgan. Er yuzasining ko’p qismi yassi tekislik. Balandligi shim.da 200 m gacha, Jan.da 100 m va undan past. Iqlimi shim.da subtropik, Jan. da tropik, cho’l iqlimi; yanv.ning o’rtachi t-rasi 11°, avg.da 34°, yozda ayrim kunlari 50° gacha ko’tariladi. Yillik yog’in 100— 200 mm. Ko’l va sho’rxok ko’p. Daryolari bahorda sersuv, kema qatnaydi. Vodiy- larida o’rmon va vohalar bor. Sug’orib dehqonchilik qilinadi (bug’doy, sholi, paxta ekiladi), ko’chmanchi chorvachilik rivojlangan. Xurmozorlar bor. Neft konlari (Kirkuk, Rumayla va b.) topil- gan. Yirik shaharlari: Bag’dod, Basra (Iroq), Obodon (Eron).