MESROP MASHTOS
MESROP MASHTOS (361-440) -arman olimi, ma’rifatparvar, arman alifbosining asoschisi. Shoh saroyi- da Mirzo bo’lib xizmat qilgan, keyin- chalik ruhoniylik yo’liga o’tgan. 387 yilgi bitimga asosan Armaniston 2 qismga bo’linadi. Mamlakatning kata qismi Eronga o’tadi. Xoz. Armaniston hududida qolgan armanlarga faqat Su- ryoniy maktablarida o’qish va shu tildan foydalanishga ijozat etiladi. Yunon tili taqiqlanadi. Milliy alifbo va yangi adabiyot yaratish ehtiyoji kuchayadi. M. M. arman tilining to-vush tizimini o’rganib, shu asosda arman alifbosini tuzadi (405-406). Bu alifbo 16 a.dan beri o’zgarishsiz qo’llanib kelmoqda. M.M. “Injil”ni arman tiliga tarjima qilgan, xristianlikning pandnasixat- lari haqida kitob yozgan.
O‘xshash so‘zlar
- Messa
- Messian Olive Ejen Prosper Sharl
- Messina
- Messina zilzilasi
- Messiya
- MESSO-soprano
- Messo-Tinto
- Meta-, orto-, para-






