METEOROLOGIK STANTSIYA
METEOROLOGIK STANTSIYA – obhavo va iqlimnn o’rganish, Atmosfe- Rani ilmiy tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik kuzatishlar olib boradigan muassasa; ma’lum talablarga javob beradigan maydonchaga o’rnatiladi. M. s.ning maxsus meteorologik maydo- nida turli meteorologik asboblar va kurilmalar, shuningdek, xodimlar ish- laydigan joylari va b. bo’ladi. M. eda atmosfera t-rasi, bosim va havo namli- gi, shamol, yog’inlar, bulutlar va b. Mete- orologik elementlar uzluksiz aniqlab turiladi. M. s. 3 razryadga bo’linadi: I razryadli M. s. vazifalariga atmosfera- ni kuzatish natijalarini ishlab chiqish, shuningdek, unga biriktirilgan II va III razryadli M. s. va postlar ishiga texnik rahbarlik qilish va manfaatdor tashki- lotlar, korxonalar, muassasalarga me- teorologik sharoitlar haqidagi ma’lu- motlar berish, iqlim materiallari b-n xizmat ko’rsatish kiradi. M. s. 18-a.da vujudga kelgan. Hoz. kunda sayyoramizdagi deyarli barcha dav- latlarda 10000 ga yaqin, jumladan, O’zbekistonda 47 ta M. s. bor (q. Gidro- meteorologiya xizmati). Aholi kam yashay- digan joylarda (mas, tog’lik zonalarda), asosan, avtomatik M. s. dan foydalanila- Di. M. s. ma’lumotlari obhavo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun prognoz tu- zishda asos bo’lib xizmat qiladi.