Metil spirt

Metil spirt (metanol , Karbi- nol, yogoch spirti), SN3ON— rangsiz, suv b-n yaxshi aralashadigan suyukdik, eng od- diy bir atomli spirt, etil spirtinikiga o’xshash hidi bor. Mol. m. 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20°da), qaynash t-rasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid b-n Aze-otrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar b-n metilitlar, kislotalar b-n efirlar hosil qiladi. 500-600°da kumush, mis yoki ba’zi metallar oksid- lari ishtirokida havo kislorodi b-n formaldegidgacha oksidlanadi, ugle- rod (P)-oksid va vodorod aralashmasi b-n etanol yoki boshqa spirtlarga ayla- nadi. M.s. sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi. M.s. formaldegid i.ch.da asosiy xom ashyodir. Erituvchi sifatida benzinga qo’shiladi. Metilmetakrilat, metil- aminlar, dimetiltereftalat, metil- formiat, metilxlorid, sirka kislota, doridarmon tayyorlash va b. sohalarda keng foydalaniladi. Juda zaharli. Ichilganda, bug’laridan nafas olgan- da organizmni zaharlaydi, ko’zni ko’r qiladi. Shuning uchun M.s. olinadigan yoki ishlatiladigan joyda ishlovchi ish- chilarni vaqt-vaqt b-n tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish zarur.