Metilbromid

Metilbromid, brommetil (Sn3vg) — fumigant. Bir oz hidli, rangsiz yoki sarg’imtir suyuklik; ta’- sir qiluvchi moddasi — 98,5%. Juda uchuvchan va kuchli bug’lanish xususiya- tiga ega. M.dan oziq-ovqat va em uchun mo’ljallangan don omborlarini zarar- sizlantirishda, hasharot va kanalarga qarshi, ko’chatlar, kema tryumlari hamda temir yo’l vagonlaridagi karantin ob’- ektlarga qarshi, shuningdek, yangi ku- ritilgan meva va sabzavotlarga ishlov berishda foydalaniladi. Omborlarni fumigasiya qilish uchun sarf normasi — 25-35 g/m3; dimlash muddati (Ekspo- zisiya) — 1-2 sutka; karantin ob’ekt- larga qarshi sarf normasi —30—100 g/ m3. Zahari kuchli. Kalamushlarda nafas yo’llari orqali O’D50 2,3 mg/l. M. b-n ishlaganda protivogaz kiyish shart.