Metionin

Metionin (Methioninum) — 2-ami-no-4-metiltiobutan kislota. O’ziga xos qo’lansa hidli, oq kristall modda. Almashtirib bo’lmaydigan amino- kislota. Mol. m. 149,21. Sintez nuli b-n olingan. Biologik faol modda, hayvon va o’simliklar oqsilida ham bor. Suvda juda oz eriydi.Organizmda adrenalin, kreatin kabi moddalar sintezida ish- tirok etadi, gormonlar, fermentlar, vitaminlar ta’sirini kuchaytiradi. M. etishmaganda moddalar almashinuvi bu- zilib, jigarni yog’bosadi. Jigar tsirro- zida jigar to’qimalari margimush prepa- ratlari, xloroform, benzol va b. zaharli moddalardan zararlanganda beriladi. Virusli gepatitna M. tavsiya etilmaydi. Dizenteriya b-n og’rigan kishilarga, or- ganizmda oqsil etishmaganda ham ba’zan tavsiya etiladi. Qarilarga aterosklerozning oldini olish va davolash uchun buyuriladi. Ta- bletkalari 0,25 va 0,5 g dan chiqariladi.