Matlubot jamiyati
Matlubot jamiyati – matlubot kooperasiyasining quyi bo’g’ini. M.j.ni ixtiyoriylik asosida uyushgan paychilar tashkil etadi. U o’z faoliyatini kengay- tirib, q.x. mahsulotlarini tay-yorlash, umumiy ovkatlanishni tashkil etish va aholi iste’moli b-n bog’liq boshqa bir necha xil xizmatlarni ham bajaradi. M.j. bevosita iste’molchi va mahsulot etishtiruvchilarni birlashtirgan holda qishloq joylarida tarkib topadi. Mam- lakat, viloyat, tuman uyushmalariga birla- shadi. Viloyatlardagi “Matlubotsavdo” uyushmasi hududdagi M.j.larni birlash- tirgan holda ularning manfaatlarini himoyalash vakolatlariga ega bo’lib, ular- ning xo’jalik va moliyaviy faoliyatlari- ni birgalikda, markazlashgan tarzda ri- vojlantirishni ta’minlaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Matlub
- Matluba
- Matnazar Jabbor o’g’li
- Matniyoz devonbegi madrasasi
- Matnshunoslik
- Mato
- MATPANOBOY MADRASASI
- Matrap





