Matnshunoslik

Matnshunoslik, tekstologiya — yordamchi tarixiyfilologik fan soxasi, adabiyot va folislorga oid qo’lyozma asar- larni, tarixiy hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy o’rganish, sharhlab e’lon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi. M.ning vazifasi matnni xar tomonlama tadrijiytanqidiy (matn tari-xiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan manbalarni, muallif taxrirlari, variantlari va b.) o’rganib, nashrga tayyorlashdan iborat. M.ning kuy-idagi asosiy xillari Far- klanadi: antik, o’rta asr va yangi adabiyot. Mas, kad. yunon olimi Aristarx (mil. AV. 2-a.) Gomer asarlari matnini tanqidiy o’rgangan. Sharq Islom olamida 7-a.dan hozirgacha bir harfi o’zgarmay, mashhur xattotlar tomonidan minglab Nodir nus- xalarda ko’chirilgan qo’lyozmalardan biri muqaddas Qur’oni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi kutub- xonalarda saqlanadi. Uyg’onish davrida antik adabiyot yodgorliklarining dast- labki ko’rinishlarini, asliy matnlari- ni tiklashga qiziqish kuchaygan. O’zbekistonda M. o’z tarixiga ega. 1400 y. davomida O’zbekiston olimlari- ning Arab, fors va o’zbek tilida yaratgan ko’plab yirik Durdona asarlari o’z davri- da, undan keyingi davrlarda o’rganilib, xattotlar tomonidan ko’chirilib, xato- nuqsonlari boshqa nusxalar orqali to’g’rilanib, hoz. kunimizga qadar etka- zib kelingan. Bu ishga rus olimlari V. V. Bartold, I. Yu. Krach-kovskiy, A. K. Borovkov, A. N. Kononov va b. ham muno- sib hissa qo’shishdi. Respublikamizda M. bo’yicha ishlar O’zbekiston FA til va adabiyot, Sharqshu-noslik in-tlarida olib borilmoqda. Alisher Navoiy asar- larining ilmiytanqidiy matnlarini tayyorlash va nashr ettirishni S. Ayniy (“Xamsa”ning qisqartirilgan nashri), O. Sharafiddinov, I. Sultonov (“Me- zon ul-avzon”), A. N. Kononov (“Mahbub ul-qulub”) va b. amalga oshirdilar. Matn-shunos olim P. Shamsiev Navoiy “Xamsa”sining to’la va yaxlit bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida mu- rakkab matnchiliktadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada “Xamsa”ga kirgan besh Doston: “hayrat ul-Abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va maj-nun”, “Sab’- Ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”larning barcha nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil kotib va b. kotiblar tomoni- dan ko’chirilgan nusxalari b-n qiyoslab, “Xamsa”ning asl matniga yaqin keladi- gan ilmiytanqidiy matnini tayyorladi va 1960 y. nashr ettirdi. Hamid Sulay- monov Navoiyning “Xazoyin ulmaoniy” asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958-61). S. G’anieva “Majo- lis unnafois” asari tanqidiy matnini tayyorladi. O’zbek olimlardan S. Mirza- eV, G’. Karimov, S. Mutallibov, S. Doli- mov, R. Majidiylarning matnchilikdagi xizmatlari natijasida bir qator o’zbek mumtoz shoirlarining asarlari nashr etildi. Yozuvchi va shoirlardan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Usmon Nosir asarlari matnini nashr etishda ham M. ishlari amalga oshirildi. O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlari matnini tayyor- lash, nashr etish sohasida B. Karimov, H. Zarifov, 3. Karimova, M. Afzalov, T. Mirzaev, M. Murodov va b. xizmatini ta’kidlash mumkin. Ismatulla Abdullaev.