Materiya

Materiya (lot. materia — mod- da) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda “umuman odam” bo’lmaganidek “umuman M.”ham bo’lmaydi, balki M.ning anik, ko’rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy ob’- ektlarga xos xususiyatlarni umumlash- tirib ifodalash uchun M. tushunchasini qo’llashgan. M. tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n birga M. sof potentsiya (yashirin im – koniyat) deb tushunilgan. M.ni R. Dekart fazoviy ko’lam va bo’linadigan moddiy substantsiya deb ta’riflagan va u 17— 18-a. materializ-mning asosi bo’lgan. M. dialektik materiayaizmyaint asosiy tu- shunchasidir. Materialist faylasuflar M. tushunchasini bir yoklama bo’rttirib, borliq tushunchasi b-n aynanlashtirib talqin etishadi. Tabiat, jamiyat va inson ta-fakkurining asosida yotuvchi va ular- ni umumlashtiruvchi tushuncha substantsiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substantsiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substantsiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, ko’p sub- stantsiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan. Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi uzok, o’tmishga borib taqaladi. Qad. Hindiston va Xitoy- da, Misr va Bobilda, qad. O’rta Osiyo va Yunonistonda faylasuflar olamning asosida qandaydir modda yoki unsur yota- Di deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unsurni olov, boshqalari — suv yoki havo, ayrimlari — tuproq deb bilishgan. Ba’zi falsafiy ta’limotlarda esa olam- ning asosida 4 unsur — olov, havo, suv va tuproq yotadi, barcha narsalar shu 4 ta unsurning birikishidan hosil bo’lgan, deb ta’kidlanadi. Yunon faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit olamning asosida eng kichik bo’linmas unsurlar — atomlar yotadi, ular o’zlarining shak- li, harakatlanishi va vaznlari b-n bir- biridan farq qiladi, deb hisoblashgan. Shunday qilib, moddiy olamning asosi- da dastlabki yaratuvchi modda sifatida nima yotishini, ya’ni ilk, azaliy M.ni, M.ning “bobokaloni”ni axtarish vujud- ga keldi. 20-a. boshlarida markschi faylasuf- lar M.ga sezgi a’zolarimizga ta’sir etib, sezgi uyg’otuvchi ob’ektiv Real- likdir deb ta’rif berishgan. Bu ta’rif aytilgan davrda M. tuzilishining mu- rakkab shakllari haqidagi tasavvurlar u kadar rivojlanmagan edi. 20-a.ning o’rtalariga kelib, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi va re-lyativistik kosmologiya sohalaridagi ilmiy yutuklar kishilarning ob’ektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o’zgartirib yubor- Di. Natijada tabiat-shunos olimlar sez- gilarimizga bevosita ta’sir etishning imkoni bo’lmaydigan realliklar haqida ham tadqiqot olib bora boshladilar. M. — dunyodagi cheksiz barcha ob’ekt va sistemalar bo’lib, har qanday xususi-yat, aloqa, munosabat va harakat shakllari- ning substrati (asosi)dir. M. tabiatda bevosita ko’z b-n ko’riladigan ob’ektlar va jismlarnigina emas, balki kuzatish vositalari va eksperi-mentning tako- millashishi asosida kelgusida bilini- shi mumkin bo’lgan narsalarni ham o’z ichiga oladi. M. o’zining xossalari, Xu- susiyatlari orkali namoyon bo’ladi. Hoz. zamon fanlarining xulosalariga ko’ra, har qanday jism molekulalardan, mo- lekulalar atomlardan, atomlar proton va neytronlardan tashkil topgan va h.k. Sifat jihatdan M. ikki: moddasimon va nomodda ko’rinishida uchraydi. Modda- Simon ko’rinishi modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri b-n chambar- Chas bog’langan bo’lib, ular to’qnashganda keskin sifat o’zgarishi ro’y beradi, ya’ni modda nomoddiy ko’rinishga, no- modda esa moddiy ko’rinishga aylanadi. M.ning nomoddiy ko’rinishi ham ikki: maydon va nurlanish shaklida uchray- Di. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda moddiy zarralarning hosil bo’lishiga imkon beradi. M.ning yuqorida qayd etilgan ko’rinishlaridan boshqacha ko’rinishdagi turlari ham bo’lishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga ma’lum emas. M. tuzilish dara- jalariga ko’ra, mikrodunyo, makrodunyo va megadunyoga bo’linadi. Mikrodunyo — molekuladan kichik zarralar (mas, atom, yadro, elementar zarra va b.). Makrodu- nyo — molekuladan katta jismlar (mas, qum, tosh, er, planeta, Quyosh, hayvon, odam va b.). Megadu-nyo — erdan to Koi- not miqyosigacha bo’lgan o’lchovdagi dunyo. Bu uchala dunyo bir-biri b-n bog’liq, shu-ningdek, ular bir-biriga almashinishi mumkin. Har qanday ob’ektning o’ziga xos bo’lgan, uning shunday ob’ekt ekanligi- ni ifodalovchi ajralmas xususiyat (atri- but)lari bo’ladi. M.ning ham bir qancha atributlari mavjud: harakat, fazo, vaqt, in’ikos, ong va h.k. Bu atributlar bir- biri b-n chambarchas bog’liq bo’lib, mod- diy olamdagi eng umumiy va universal aloqadorliklarni ifodalaydi, M.ni jonlantiradi, namoyon qiladi, shakl be- radi, o’zgartiradi, rivojlantiradi. Ad.: Falsafa, T., 1999; filosofiya. Kurs lektsiy, T., 2002. Baxtiyor To’raev.