Materializm

Materializm (lot. Materialis — moddiy) — falsafadagi asosiy oqimlardan biri; moddiy, tabiiy, jis- Moniy olamning ob’ektiv ravishda, ya’ni uning Iroda, ruh, ongga bog’liq bo’lmagan holda mavjudligini va ularga nisba- tan birlamchiligini ta’kidlashga asos- langan falsafiy ta’limot. Idealizm- nit muqobili. M. ruhiy hodisalar va qadriyatlarning mustaqil mavjudligini inkor etadi va ularni olamning birlam- chi bo’lgan moddiy asosi rivojining oliy darajasida vujudga keladigan xossa va munosabatlari tarzida talqin qiladi. M.ning gno-seologik (bilishdagi) il- dizini amaliyot, insonning voqelikni o’zgartirishga qaratilgan olamshumul ta- rixiy tajribasi tashkil etadi. M.ga tabiatshunoslik fanlari, tex- Nikaga alohida e’tibor b-n qarash xos- dir. M. frantsuz ma’rifatchiligi davri- da (J. Lametri, P. Golbax, D. Didro va b.) ravnaq topdi, ammo, Evropa falsafiy fikriga hal qiluvchi darajada ta’sir etish mavkeiga 19-a.dagina (K. Marks, F. Engels, L. Feyerbax va b.) erishdi. M. idealizmning “xato” fikrlari- ga qarshi oqim tarzida namoyon bo’lib, o’zining bir yoqlamaliligi tufayli barcha muhim, insoniy muammolar (ong, mavjudlik, hayotning ma’nosi hamda maqsadi, qadriyatlar va h. k.) oldida bu- tunlay ojizlik qilib, ularning chuqur ma’nosini taxlil etishga nochorligi sa- babli ularni xayoliy muammolar tarzida rad etadi. M.ning u yoki bu shakldagi namuna- lari, unsurlari, rivojlanish yo’llari azaldan Sharkda ham, G’arbda ham mavjud bo’lgan. Biroq, M., asosan, G’arb falsa- fiy fikriga ko’proq taallukli, unda yaqqol shakllangan hodisa bo’lib, uning o’ziga xos shakllardagi rivojini mazkur ma’naviy madaniyat taraqqiyotidagi deyar- li barcha bosqichlarda kuzatish mumkin. M. — mohiyatan o’z maqsadlarini o’zining mavqei (ko’p sonliligi va o’zini muayyan jismoniy kuch, deb his etishi) tu- fayli ro’yobga chiqarishga umid qiluvchi, avom ma’qul ko’radigan fikrlash tarzi- dir. M.ning quyidagi ko’rinishlarini farqlash mumkin: 1. Tabiiy M. U Mate- riyada, xususan, uning muayyan tarkibiy tuzilishida (mas, atomlarda) pirovard jismoniy voqelikni ko’radi (klas- sik mexanika); eng yangi (kvant) fizi- ka ma’lumotlari bu M. tamoyillariga jiddiy putur etkazdi. 2. Biologik yoki fiziologik M. U jon va ruhga nisbatan yuqoridagi qarashni tiqishtiradi hamda moddiylik va g’ayrimoddiylikning o’zaro tub farqini inkor etadi. 3. Axloqi y M. foydali narsalarni yoki manfa- at uchun foydalanish mumkin bo’lgan qadriyatlarnigina e’tiborga loyiq, deb hisoblaydi va mustaqil nomoddiy olam- ning mavjudligini inkor qiladi. 4. Di- alektik M. — kommunistik davlatlar- ning rasmiy falsafasi, uning siyosati va fanining uslubiy asosi bo’lib xizmat qilgan. 19-a.da K. Marks va F. Engels tomonidan Gegel dialektikasini yaxlit materialistok dunyoqarashga aylantirish asosida shakllangan hamda o’z ichiga tari- xiy M. — tarixni materialistok tushu- nish nazariyasini olgan. Odatda, “M.”tushunchasi realism (tafakkurga bog’liq bo’lmagan va ongdan tashqarida mavjud bo’lgan reallik) ma’- nosida ham qo’llaniladi. M. oddiy qilib aytganda, vokelikni moddiy sababga asoslanib tushuntiruvchi ta’limotdir. Ad.: Gunnar Skirbekk, Nils Gile, Falsafa tarixi [rus tilidan I. Soif- Nazarov va J. Mahkamov tarjimasi], T., 2002; Gorbachev V. G., Osnovi filosofii [Kurs lektsiy], M., 1998. Abdulhafiz Jalolov.