MATERIALLAR QARSHILIGI

MATERIALLAR QARSHILIGI – inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va de- formasiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda Foi- dalaniladigan materiallarning fizik- mexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni o’rganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) ta’sir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), US-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy o’rganish ob’ekt- lari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va PLA- stinalar (elementlar va detallar ster- Jen hamda plastinalardan tayyorlana- Di). M. q.ning nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deforma-tsiyalanishi (shakli- ning o’zgarishi, ezilishi va b.) nazariya- siga asoslanadi. Amaliy qismi turli- tuman sinovlar, fizika va materialshu- noslik krnunlariga asoslanadi. M. q. fani ishlab chiqqan usullar, me’yorlar va tavsiyalardan muxandislik amaliyoti- da elementlar va detallardagi eng katta zo’riqishlar va siljishlarni aniqlash hamda ularni inshootlar va mashinalar- dan foydalanish uchun xavfsiz bo’lgan me’yoriy qiymatlar va standartlar b-n taqqoslash maqsadida foydalaniladi. Eksperimental tadqiqotlarda maxsus sinov mashinalari va o’lchash asboblari ko’llaniladi. Tadqiqotlar natijalari bo’yicha maqsadli “kuchlanish — defor- Masiya” diagrammalari tuziladi, Mate- rialning mustahkamlik, oquvchanlik che- garalari va qayishqoqlik ko’rsatkichlari belgilanadi. Bular hisoblanayotgan ele- ment yoki detalning eng zo’riqqan joy- larini, deformasiyalanadigan va sil- jiydigan sohalarini aniqlashga imkon beradi. Loyihalash yoki tekshirish mo- baynida maqsadli diagrammalar yorda- mida zo’riqishlar va deformasiyalarning hisobiy qiymatlarini standartlarda yo’l qo’yiladigan qiymatlarga taqqoslab, element yoki detalning o’lchamlari va shakli anikdanadi. M. q. fanining na- zariy xulosalari va amaliy natijalari insho-otlarning ustuvorligi va zilzi- labardoshligini ta’minlashda, mashina va mexanizmlarning xizmat muddatini uzaytirishda, kiyim-kechaklarning pi- shikligini oshirish va sifatini yaxshi- lashda, ayniqsa, aviasiya va kosmanavti- kada juda muhim ahamiyat kasb etadi. Inshootlarning elementlari va ma- shinalarning detallarini xisoblash- ning empirik (oddiy) qoidalari o’rniga taxliliy (analitik) usullarini qo’llash zaruriyatini g. Galiley asoslab bergan. M. q. fani rivojiga D. Bernulli, R. Guk, Sh. O. Kulon, L. Eyler, A. N. Dinnik, M. V. Ostrogradskiy va b., o’zbek olimlari- dan X. A. Raxmatullin, M. T. O’rozboev, M. A. Hojinova, H. H. Usmonxo’jaev, T. Rashidov va b. katta hissa qo’shishgan. O’zbekistonda M. q. mu-ammolari b-n O’zbekiston FA Mexanika va inshoot- larning seysmik mustahkamligi in- ti, Toshkent texnika unti, O’zbekiston milliy unti, Toshkent arxitektura va qurilish in-ti, Toshkent engil sanoat va to’qimachilik in-ti va b. ilmiy muassasa- lar shug’ullanadi. Ad.: O’rozboe v M. T., Materiallar qarshiligi, 1-2 t., 1960-65; materi- allar qarshiligi asosiy kursi, T., 1973. Tursun Rashidov.