Mexiko

Mexiko — Meksikaning Mar- kazidagi shtat. Mayd. 21,5 ming km2. Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Toluka sh. Markaziy Mesa tog’ligining Jan. qismi, qisman Vulkanli Serra tog’larida joylashgan. G’arbda Toluka tog’oraligi havzasi va Sharqda Mexiko havzasini o’z ichiga ola- Di. Vulkan harakatlari faol seysmik r-n hisoblanadi. Iklimi tropik, tog’li iqlim, o’rtacha oylik t-ralar 9-12° dan 15-18° gacha. Yillikyog’in 500-1000 mm. Tog’lar o’rmonlar b-n qoplangan, 4000 m dan baland erlar yaylovlardan iborat. Xo’jaligining asosini q. x. tashkil eta- Di. Ekin maydonining 40% lalmikor erlar (makkajo’xori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sug’oriladigan erlar- dan iborat. Toluka sh. atrofida bug’doy ekiladi, sut chorvachiligi, Shimoliy r-nlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, engil sanoat, metallsozlik, sun’- iy o’g’itlar i. ch.