Messo-Tinto

Messo-Tinto (ital. mezzo – o’rta va tinto — bo’yalgan) — metall gravyura turi; asosan, chuqur bosmaga taalluqli, rangli bosmada ham qo’llaniladi. Bos- mada sidirg’a qora tus hosil qilish uchun M.-t.da bosma shakl (plastina)ning tekis yuzasi mexanik yoki kimyoviy usulda do- nador (g’adir-budur) qilinadi; so’ng toza yoki bo’yoq qoplangan plastina yuzasiga tasvir ishlanadi, rasmdagi yorug’joy- larning yuzasi tekislanadi yoki qirib tozalanadi. Bu jarayon tufayli nurdan soyaga asta-sekin o’tish imkoniyati yarati- ladi. M.-t. usulidagi Gravyuralar teran va mayin rangi, boy va nozik nursoyasi b-n ajralib turadi. 17-a. o’rtalarida ne- mis ustasi L. Zigen ixtiro qilgan. 18— 19-a. boshlarida keng tarqalgan bo’lib (ayniqsa, Angliyada, shuningdek, Fran- tsiya, Rossiya va b.da), asosan, kartinalar- ni i. ch.da qo’llanilgan.