Kaspiy dengizi
Kaspiy dengizi (qadimda Kav- kazning sharqida yashagan Kaspiy kabila- si nomidan; qad. va o’rta asrlarda den- giz sohilida mavjud bo’lgan viloyatlar, elatlar, davlatlar nomi b-n Go’rgon, Xu- roson, Xorazm, oq dengiz, Xvali, Xazar dengizi nomi b-n atalgan; Ozarbayjon- lar hoz. ham Xazar dengizi deb ataydi- lar) — er sharidagi eng katta berk suv havzasi, ko’pincha dunyodagi eng katta ko’l deb ham hisoblaydilar. RF, Qozog’iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon hududlarida joylashgan. Quyidagi Xu- susiyatlariga ko’ra dengiz deb ataladi: kattaligi jihatidan qora, oq va bol- tik, dengizlaridan kam farq qiladi, suvi ham dengiz suvi singari sho’r, hayvonot va o’simliklar dunyosining bir qismi dengizlarda yashaydigan hayvon va o’simliklar jumlasidan. Bundan tashqari, K.D. bir vaqtlar hoz. Kuma-Ma-nich botig’i o’rnidan o’tgan bo’g’oz orqali Azov va qora dengizlar b-n tutashib tur- gan. Dengiz haqida dastlabki ma’lumot Gerodotning “Tarix” asarida uchraydi. K.D. sathi dunyo okeani sathidan qariyb 28 m past (1986). K.D. shim.dan janubga 1200 km ga cho’zilgan, o’rtacha kengligi 320 km. Qirg’og’ining uz. 7 ming km ga yaqin. Mayd. 376 ming km2 (1929 y.gacha, dengiz suvi pasaygunga qadar 422 ming km2 edi). Dengiz qirg’og’i ancha tekis, egri- bugri joylar kam. Yirik qo’ltiqlari: Qorabo’g’ozgo’l, Krasnovodsk, Qozoq, Mang’ishloq va b. K.D.da umumiy maydoni qariyb 350 km2 bo’lgan 50 ga yaqin Orol bor (eng yiriklari Tyuleniy, Chechen, Ar- TYoM, jiloy, Bulla, Ogurchinskiy va ku- lali). Relef tuzilishi jihatidan K.D. 3 qismga — shim., o’rta va Jan. qismlarga bo’linadi. Shim. qismi Jan.da Chechen oroli — Mang’ishloq ya.o. chizig’i b-n che- garalangan bo’lib, chuq. 10 m ga qadar, eng sayoz (4-6 m) qismidir. O’rta qismi ancha chuqur, o’rtacha chuq. 200 m, eng chuqur joyi esa 790 m. Bu qismi Jan. qismidan tur- kmanboshi sh. tomon dengizni kesib o’tgan suv osti tog’tizmasi orqali ajralib tu- radi. Jan. kismi eng chuqur (o’rtacha chuq. 325 m). K.D.ning eng chuqur joyi (1025 m) ham shu qismda. Maydoni jixatidan ucha- la qismi deyarli bir-biriga teng, lekin suv hajmi jihatidan ular har xil: shim. qismiga umumiy suv xajmining 1/100 qismidan kamroq, o’rta qismiga 1/3, Jan. qismiga esa 2/3 ga yaqin bo’lagi to’g’ri ke- ladi. K.D.ga Volga, Ural, kura, Terek, Emba, Samur, sulak, Erondan oqib keladigan Safedrud kabi yirik daryolar va ko’pgina kichik Daryo va soylar quyiladi. Shim., shim-g’arbiy va Sharqiy sohillarning yozi juda issiq va quruq, qishi esa sovuq. Jan.-g’arbiy va Jan. sohillarida iqlim yumshoq va nam. K.D.ning har 1 l suvida o’rtacha 12,7 g tuz bor. Suv t-rasi yozda hamma joyida bir xil (24-26°), qishda esa shim. qismida 0° va undan pastroq, o’rta va Jan. qismlarida 2° dan 13° gacha. Shim. qismi qishda 2-3 oy muzlab yotadi (muzning qalinligi 2 m ga etadi), o’rta va Jan. qismi esa muzlamaydi. K.D.da, asosan, Volga daryosi quyayotgan suv mas- sasi b-n doimo esadigan shamol ta’si- ri natijasida kelib chiqadigan va den- gizning qirg’og’i yoqalab soat strelkasi yo’nalishiga teskari xarakat qiladigan doimiy aylanma oqim mavjud. Ko’pincha, kuchli to’lqinlar (10-11 m) bo’ladi. K.D.ning suv sathi yillar va asrlar da- vomida o’zgarib turadi. O’tmish ma’lu- motlarining ko’rsatishicha, bundan 4-6 ming yil ilgari, mil. boshlarida va 18-a. o’rtalari — 19-a. boshlarida den- giz sathi juda baland, 7-11-a.lar va 13-a. boshlarida esa, aksincha, juda past bo’lgan. Suv sathining so’nggi keskin pasayishi 1929-56 y.lar orasida kuza- tilgan. Shu davr ichida suv sathi 2,5 m dan ortiqroqqa pasaydi, natijada sayoz shim. qismida dengiz 20-30 km chekindi, ko’pchilik qo’ltiqlar qurib qoldi, den- gizning maydoni esa (Qorabo’g’ozko’lni hisobga olmaganda) 422 ming km2 dan (1930) 371 ming km2 ga (1969) kamaydi. Suv sathining bu kadar pasayib ketishi- ga asosiy sabab K.D.ga quyiladigan suv- larning kariyb 80%ni beruvchi Volga Su- VIning keyingi 40 yil davomida kamay- ib ketganligidir. Chunki, bu davr ichida Volga havzasida iqlim quruq keldi, yog’in kam yog’di, bug’lanish esa, aksincha, ortiq bo’ldi. Bundan tashqari, Volga daryosida bir qancha suv omborlari barpo etildi, sugorish va sanoat ehtiyojlari uchun oli- nadigan suv hajmi ancha ortdi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, 1966-76 yillarda K.D.ga o’rta hisobda har yili 180 mm (yoki 66,8 km3) yog’in tushdi, 720 mm (266,4 km3) Daryo suvi va 14 mm (5 km3) er osti suvi quyiladi: ayni vaqtda dengizdan yiliga 966 mm (357,3 km3) suv bug’lanadi, 11 mm (4 km3) suv sug’orishga sarflanadi. Suv balansining kirim qismi (338,2 km3) ga nisbatan chiqim qismi (362,3 km3) ning ortiq bo’lishi dengiz suv sathining o’rtacha har yili qariyb 7 sm ga kamaya bo- rishiga sabab bo’lgan. K.D.ning suv sathi yil davomida ham o’zgarib turadi: mart oyidan ko’tarila boshlaydi, iyul oyida eng baland bo’ladi, avg.dan to Fev.ga qadar esa pasaya boradi. 1978 y.dan K.D. suv sathining ko’tarilishi kuzatilmoqda (1986 y.da dengiz havzasi mayd. 376 ming km2ni tashkil etdi). K.D.da 500 turdan ortiq suv o’simliklari, 854 tur baliq va suv hayvonlari bor. Baliq, shim. Qismida tyulen ovlanadi. K.D. ostida juda kat- ta neft va gaz zahiralari borligi aniqlangan dengiz ostidan neft qazib olinadigan birinchi kon 1925 y.da ish- lay boshlagan. Hozir K.D.da ko’plab Yi- rik neft konlari ishlab turibdi. K.D.ning Korabo’g’ozgo’l qo’ltig’idan natriy sulfat, mirabilit va epsomit olinadi. Sharqiy sohillarida chu-chuk suvga bo’lgan ehtiyoj juda katta. Shu sa- babdan, Turkmanboshi va Oqtov sh.larida dengiz suvini chuchuklashtiradigan Yi- rik qurilmalar barpo qilingan. K.D.ning transport ahamiyati ham kat- ta. Unda neft, yog’och, don, paxta, guruch, mineral o’g’itlar tashiladi. Yo’lovchilar tashuvchi kemalar qatnaydi. Eng yirik portlari: Astraxon, Maxachqala (RF), Turkmanboshi (Turkmaniston), Enzeli (Eron). Boku b-n Turkmanboshi sh.lari oralig’ida dengiz t.y. paromlari katnab turibdi. Sho’ro davlati inqirozga uchragach, hududi K.D.ga tutash davlatlar dengiz- ning o’ziga tegishli deb hisoblagan qismida uning boyliklarini (baliq va b. hayvonlarni ovlash, neft, tuz va h.k.) o’zicha tasarruf qilib kelmoqda. Hozirgacha K.D. boyliklarini o’zlashtirish, o’ziga tegishli akvatoriya- lar chegaralarini belgilab olish haqida dengizga yondosh davlatlar o’rtasida yagona kelishuv imzolanmadi.