KEMBRIY SISTEMASI

KEMBRIY SISTEMASI (DAV- Ri), kembriy (Cambria — Uelsning lot. nomi) — erning geologik tarixi- dagi paleozoy eratemasining birinchi davri. Stratigrafik shkalada paleozoy eratemasining ordovik va yuqori Pro- terozoyning vend sistemasi oralig’ida joylashgan bo’lib, fanerozoy eonotema- sining quyi paleozoy eratemasiga man- sub. Radiologik xronometriya ma’lumot- lariga ko’ra, kembriyning quyi chegarasi 570 mln. yil, yuqorisi 510 (490) mln. yil qilib belgilangan. K.s. 1835 y.da ingliz geologi A.Sejvik tomonidan Buyuk Britaniya- dagi Uels tog’larida devon davrigacha bo’lgan yotqiziqlarni o’rganish vaqtida ajratilgan. Uning A.Sejvik tomonidan aniklangan dastlabki hajmi hoz. zamon tushunchasiga to’g’ri kelmaydi. Keyinroq A.Sejvik K.s.dan Monto-kembriy kom- pleksining metamorfik jinslarini ajratgan va kembriyning quyi chegara- siga aniqlik kiritgan. Lekin sistema- ning yuqori chegarasi o’zicha qolaverdi. A. Sejvik yo’l qo’ygan xatoning asosiy sa- babi — u paleontologik metodga ishonch- sizlik b-n qaradi. K.s. hajmi 1879 y. ingliz Geolo- gi Charlz Lepvors tomonidan ani- klandi va hoz. zamon tushunchasiga yaqinlashtirildi. U fauna majmuala- rining farqiga asoslanib devongacha bo’lgan yotqiziqlarni 3 mustaqil siste- ma — kembriy, ordovik (birinchi marta) va silurga ajratdi, bunday bo’linishga ba’zi o’zgarish va qo’shimchalar qilinib, hozirgacha foydalanib kelinmoqda. 1888 y. amerikalik geolog Ch.Uolkott kembriy faunasining ketma-ketligiga asoslanib, K.s.ni 3 qism (bo’lim)ga: quyi kembriy, o’rta kembriy va yuqori kembriyga ajra- tishni taklif qildi. K.s. 20-a.ning 50-y. larigacha yaruslarga ajratilmagan. 1956 y.da Sibir platformasini o’rganish asosida quyi bo’lim aldan va Lena yarus- lariga, o’rtasi — amgin va may yaruslari- ga ajratildi. Yuqori bo’limi 1982 y.da Kozog’iston kesmasi bo’yicha yaruslarga ajratildi. O’sha yili quyi kembriy yarusi shkalasiga ba’zi o’zgartishlar ki- ritildi (kembriyning umumiy Strati- grafik shkalasiga q.). Bu yaruslar 1989 va 1992 y.lardagi xalqaro shkalaga ki- ritilgan. Yaruslarga ajratishda organic qoldiqlar turli guruhlarining evolyu- tsion rivojlanish bosqichlari, ya’ni shu guruhlardagi eng ko’zga tashlanuvchi mor- fologik o’zgarishlar asos qilib olingan, ularning chegaralari esa bu bosqichlar orasidagi chegaralarga mos keladi. Har bir yarus uchun trilobitlar, arxeosi- atlar, braxiopodalar, mollyuskalar va b.ning mutanosib majmualari xos. K.s.da tokembriy skeletsiz biotalar yo’qolib, skeletli organizmlar paydo bo’ldi. Bu holni muhitdagi kimyoviy o’zgarishlar, shuningdek, kosmik omillarning muta- gen ta’siri deb hisoblaydilar. Quyi kembriy yotqiziqlari orasida dengiz transgressiyasi natijasida dengiz yotqiziqlari keng tarqalgan, o’rta kem- briydan yuqori kembriy boshlarigacha ko’p joylarda regressiya sodir bo’lgan. Yuqori kembriyda ilk bor lagunaga xos qizil rangli jinslar topilgan. Asosiy tektonik strukturalar rifey oxirlari- dan boshlab shakllangan. O’simlik dunyo- si ko’k-yashil va qizil suvo’tlar va ibti- Doiy yuksak o’simliklardan iborat edi. Kembriyda paleozoyda ma’lum bo’lgan organizmlar guruhining barchasi vujud- ga kelgan. Paleookeanlarning kembriy suvlarida arxeosiatlar, trilobitlar, bulutlar (gubki), qulfsiz braxiopoda- lar, xiolitlar, gastropodalar, steno- tekoidlar, ignatanlilar, chuvalchanglar, konodontlar, qisqichbaqasimonlar, tsianobakteriyalar, turli suvo’tlar va h.k. yashagan. Ularning ko’pchiligi se- kin-asta rivojlanib, tuzilishlari murakkablasha borib, butun fanerozoy davomida mavjud bo’lgan. Kembriyda organik dunyoning nihoyatda turli-tu- man bo’lishiga yirik dengiz havzalarida yashash muhitining qulayligi imkon yaratdi. Dengizlarning iliq suvida orga- nizmlarning biologik strukturasining o’zgarishiga, yangi formalarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir etuvchi turli kimyoviy elementlarning yuqori kontsen- trasiyasi mavjud bo’lgan. K.s. foydali kazilmalari orasida Qozog’istondagi fosforit koni, Sharqiy Sibir va Xi- toydagi boksit, Rossiyaning Kuznesk Olatovidagi marganes, Sibirdagi tosh tuzi va neft konlari muhim o’rin tuta- Di. Bu davr yotqiziqlari de-yarli hamma qit’alarda aniqlangan. O’rta Osiyoda K.s. yotqiziklari shim. Tyanshan, Chatqol, Qoratog’, Norin, Pomir tog’larida bor. O’zbekistonda Piskom, Olay, Turkiston tizmalarida, Markaziy Qizilqumning Nurota va Tomdi tog’larida ham ani- klangan. Bu joylarda kembriy atdaban- Oqsoy yaruslarida ma’lum bo’lib, tarki- bida ko’plab arxeosiatlar, trilobitlar, xiolitlar, qulfsiz braxiopodalar, ohak-toshli suvo’tlar bo’lgan dengiz ko’mir-kremniyli-slanesli, ohaktosh- sla-nesli va karbonatli yotqiziqlarda na-moyon bo’lgan. K.s.ning ko’mir- kremniy-ohaktosh-slanesli yotqiziqlari ruda hosil bo’luvchi gidroter-mal tipli oltin-kumush-polisulfid rudali for- masiyalariga mansubdir. Ko’mir-kremniy slaneslarning yuqori radioaktivligi va qumli ohaktosh Lin-zalarida ko’p mik- dorda fosfor borli-gi to’g’risida ma’- lumotlar bor.