Keshik

Keshik (turkcha kezik — navbat, ran) — xonning xos gvardiyasi. Chin- gizxon 1203 y. Sharqiy Mo’g’ulistonda hokimiyatni o’z tasarrufiga kiritgach, K. tuzilishiga alohida e’tibor qaratadi. K. kunduzgi xos soqchilar va to’ngi xos soqchilardan iborat etib tuziladi. Kun- duzgi xos soqchilar (turgeut) ning soni 70, to’ngi xos soqchi (kebteul)larning soni 80 nafardan iborat bo’ladi. K. tar- kibiga, shuningdek, o’qchilar (xo’rchi), osh- pazlar (baurchi), axtachilar, xo’jalik ish- lari mutasaddi (cherbi)lari ham kiri- tilgan. Mo’g’ul zodagonlari va no’yonlari farzandlaridan tashkil qilingan K. tarkibidan harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning ilg’ornda joylashgan, tin- chlik onlarida esa saroyda soqchilik b-n mashg’ul bo’lgan bahodirlar ham o’rin olgan. K. soqchilari har 3 kunda navbat almashgan. 1206 y. Chingizxon K. tuzili- shiga sezilarli o’zgarishlar kiritadi, uning sonini 10 ming nafarga etkaza- Di. Yuan impe-riyasining asoschisi Xu- bilay davrida K.ning mikdori 12 ming kishidan iborat bo’lgan. K. tarkibini muttasil to’ldirib turish maqsadida har bir mingboshining farzandi o’zi b-n 1 qarindoshi va 10 navkarni, o’nboshining o’g’li esa, 1 qarindoshi va 3 navkarni bosh- lab kelgan. K. qattiq tartib va intizom- ga bo’ysundirilgan. O’z navbati chog’ida xizmatga kelmagan xos gvardiyachi 1-Mar- ta 30 tayoq, 2-marta 70 tayoq, 3-marta esa, oldin 37 tayoq urish b-n jazolangan, so’ng K.dan butunlay haydalgan. K. faqat xon- ning o’zi bevosita qo’mondonlik qilgan harbiy yurishlarda qatnashgan. Lashkar- goxda qurilgan xon qarorgohining ol- dida bahodirlar, o’ng tomonida o’qchi va kunduzgi xos soqchilar, K.ning qolgan 7 ming nafari chap tomonida joylashgan. K. saflaridan Chingizxon barpo etgan armiyaning ko’pdan-ko’p atoqli sarkarda- lari etishib chiqqan. Ad.: Bartold V.V., Chingizxan i mongoli, Sochineniya, t.1, M., 1963. Hamidulla Dadaboev.