Ko’n-poyabzal sanoati

Ko’n-poyabzal sanoati – en- gil sanoatnpnt hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm tayyorlaydigan hamda tabiiy va sun’iy charmdan poy- Abzal ishlab chiqaradigan tarmog’i. Bundan tashqari, charmdan kiyim-bosh, egar-jabduq, attorlik buyumlari, to’qimachilik mashinalari va b. mashi-va- lar uchun detallar tayyorlanadi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda ko’n- poyabzal buyumlar 19-a.ning 2-yarmidan sanoat usulida tayyorlana boshlandi. Ko’n i.ch.da dastlabki charm tayyorlash va par- dozlash jarayonlarining bir qismi mexa- nizasiyalashtirildi, 19-a.ning 80-90-y. larida esa charmni xrom tuzlari b-n tez- kor oshlash usuli joriy etildi. Bu yangi- lik terini oshlovchi o’simlik material- lari b-n ibtidoiy sodda usulda oshlab, charm tayyorlashni siqib chiqardi. Poy- Abzal i.ch. da mexanizasiyalash jarayoni 19-a.ning 50-y.larida poyabzal tanovari (ustki qismi)ni tayyorlashda tikuv ma- shinalaridan foydalanish b-n boshlan- Di. Shu paytdan to 19-a.ning oxirigacha poyabzallar tayyorlash jarayonlarini me- xanizasiyalashtiradigan maxsus mashina- lar ham ixtiro etildi. 19-a.ning oxiriga qadar O’rta Osiyo- da, jumladan, O’zbekistonda ko’nchilik, poyabzal tikish hunarmandchilikning qad. turi sifatida o’z an’analariga ega bo’lgan. Qadimdan poyabzal tikuvchi ko- siblar qo’lda har xil Andoza va turda etik, maxsi, kavush tikkanlar. 20-a.ning 20-y.laridan poyabzal sano-ati korxona- lari paydo bo’lishi b-n tufli, botinka, sandal, shippak, Piy-ma, kalish hamda maxsus ish poyabzallari ishlab chiqara boshlandi. Charm i.ch. tarmog’idagi birinchi eng yirik korxona — Toshkent ko’n z-Di 1928 y.da ishga tushirildi. 1941-45 y.larda Xonobodda (Andijon viloyati) teri ish- lash z-Di, po’stin uchun qo’y terisini osh- laydigan 2 korxona, 1996 y. Toshkentda yangi ko’n z-Di qurildi. 1927 y. Toshkentda birinchi poyab- zal f-kasi ish boshladi. 1935 y.da tosh- kentda yana bir poyabzal f-kasi, bu-xoro (1938), Samarqand (1938), To’rtko’l, Ter- miz (1939), Andijon, Qo’qon, Chirchiq (1942), Namangan (1940), Yangiyo’l (1943) sh.larida kichikroq poyabzal f-kalari foydalanishga topshirildi. 1940 y. ga kelib respublikada keng tarmoqli poy- Abzal sanoati shakllandi. 20-a.ning 60-y.laridan Pop rezina poyabzal f-kasi (I960), Farg’ona poyab- zal f-kasi (1969), Qo’qon ko’n z-Di (1972), Farg’ona sun’iy charm z-Di (1974) ishga tushirildi. Toshkentda 1-va 2-poyab- zal f-kalari, Chirchiq, Qo’qon poyab- zal f-kalari kengaytirildi va qayta jihozlandi, korxonalar mahsulot tur- lari bo’yicha ixtisoslashdi. Respublika bo’yicha 1980 y. da 30,3 mln. juft charm poyabzal ishlab chiqarildi va uning deyarli yarmini bolalar poyabzali tash- kil etdi. 1990 y.ga kelib, O’zbekiston K-p.s.da 46,6 mln. juft poyabzal ishlab chiqarildi. 1995 y. “Farg’ona poyabzal” aktsi- yadorlar jamiyati b-n Germaniyaning “Salamander” firmasi ishtirokida “O’zsalaman” qo’shma korxonasi mahsulot chiqara boshladi (yillik loyiha quvvati 8 turdagi 500 ming juft erkaqlar poyab- zali). 1997 y.da Chirchiq sh.da “Kibo bo- lalar poyabzali” qo’shma korxonasi ish boshladi. Hozir “Poyabzalchi”, “Orzu” (Tosh- kent), “vaxt” (Chirchiq), “Kichkintoy” (Yangiyo’l), “Mahsi” (Samarqand), “Qo’qon poyabzali” (Qo’qon), “poyabzal” (An- Dijon), “Farg’ona poyabzal” (Farg’ona), “Naqshbandiya” (Buxoro), “ko’nchi” kabi aktsiyadorlik jamiyatlari tarmoqdagi eng yirik korxonalar hisoblanadi. 2000 y.dan O’zbekistondagi K-p.s. korxonalari “O’zbekcharmpoyabzal” uyush- masi tarkibiga kiradi. Ayni paytda poyabzal sanoati korxonalarini eng zavonaviy chet el uskunalari b-n qayta jihozlash, xom ashyo sifatida sintetik va sun’iy Mate rial l ar dan keng foydala- nish ishlari amalga oshirilmokda. 2000 y.da respublikada 4,2 mln. juft poyab- zal ishlab chiqarildi. Chet mamlakatlar orasida AQSh, Italiya, GFR, Frantsiya, Chexiyada K-p.s. rivojlangan bo’lib, poy- Abzal sanoati mahsulotlarining katta qismini chet davlatlarga, shu jumladan, O’zbekistonga eksport qiladi.