Kogon tumani
Kogon tumani – Buxoro viloya- tidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. K.t. viloyatning Buxoro tumani, shim.da qisqa masofada Vobkent tumani hamda shim.-Sharqda Amu-Buxoro mashina kanalining o’zani orqali Navoiy vilo- yatining Qiziltepa tumani b-n chegara- dosh. Mayd. 0,50 ming km2. Aholisi 53,4 ming kishi (2002). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yig’ini (Beklar, Sariyon, Bahouddin Naqshband, Kogon, Tutikunda, Siyozipoyon, Xo’ja Yakshanba, Yangi Hayot, Ubacho’li) bor. Markazi — Kogon sh. T a b i a t i . Tuman relefi tekislik- dan iborat. Er yuzasining o’rtacha bal. 222 m. Quyimozor platosining eng baland joyi 252 m (Olchin tepaligi), Kogon sh.dan janubidagi pastqam joylarning bal. 215 m gacha (Kunjako’l pastqamligi). Iqlimi kontinental. Yillik o’rtacha t-ra 15,g, yanv.niki 0°, iyulniki 29°. Mi- nimal t-ra -25° (yanv. da), maksimal t-ra 46° (iyulda). Vegetasiya davri 214 kun. Yiliga o’rtacha 125-140 mm yog’in to’shadi. Yog’inning ko’p qismi qish va bahorda yog’adi. Tuman Amu-Buxoro mashina kanali orqali suv b-n ta’minlanadi. Kanalning 10 km qismi tuman hududining shim.- Sharqiy chegarasidan o’tadi. Quyimozor suv omboridan boshlangan kanalning bir qismi tuman hududini Jan.dan ke- sib o’tadi. Cho’l zonasida qorako’lchilik b-n bog’liq chorva mollarining suv ta’- minoti sizot va artezian quduqlar suvi yordamida amalga oshiriladi. Tumanning sug’oriladigan erlari bu-xoro vohasiga tegishli bo’lib, u joylarda ko’p tarmoqli zovurlar sistemasi barpo qilingan. Ortiqcha suvlar zovurlar orqali Jan. ga — Dengizko’lga yo’naltirilgan. Kuy- imozor platosi (qirlari) va pastqam sho’rxok, gips-qum-shag’alli joylardan yaylov sifatida foydalaniladi. Tuprog’i och qo’ng’ir, qumoq cho’l tuprog’i va sho’rxok. Sug’oriladigan erlarda bego- na o’tlarning yuzdan ortiq turi uchraydi. Cho’l zonasida gipsli Toshloq erlarda achchiqmiya, gulsapsar, shuvoq, astragal, tuyatovon, karrak, isiriq keng tarqalgan. Sho’rxok erlarda sho’rajriq, yulg’un, qamish, va b. mavjud. Qumoq joylarda yaltirbosh, arpagon, Iloq va cho’lyalpiz qabilar o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo’ri, tulki, chiya-bo’ri, jayran va Jay- ra, qushlardan so’fito’rg’ay, chumchuq, zarg’aldoq, sudraluvchilardan gekkon kaltakesak, toshbaqa, sariq ilon, echke- Mar; kemiruvchilardan ko’rsichqon, kichik qo’shoyoq, qumsichqon, tipratikan, kala- mush va b. uchraydi. Aho l i s i , asosan o’zbeklar (92,5%), shuningdek, turkman, tojik, qozoq, rus, tatar, ukrain va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga o’rtacha 106,8 kishi. Xo’jaligi. K.t. xo’jaliklari paxta- chilik, g’allachilik, bog’dorchilik, sabza- votchilik va chorvachilikka ixtisoslash- gan. Tumanda paxta tozalash, yog’, g’isht z-dlari, parrandachilik f-kasi, 2 Avto- korxona mavjud. Quyimozorda yig’ma- temir beton z-Di ishlab turibdi. Q.x. mahsulotlarini qayta ishlaydigan Agro- sanoat tarmoqlari, 150 dan ziyod xususiy firma va korxona faoliyat ko’rsatmokda. Sanoat korxonalarining aksari qismi Kogon sh.da joylashgan. Q.x.ning etakchi tarmog’i — Paxtachi- lik. Jami ekin maydoni 16,1 ming ga, shu jumladan 8,4 ming ga erga paxta, 5,6 ming ga erga donli ekinlar, 0,5 ming ga erga sabzavot, 1,3 ming ga erga ozuqabop ekinlar ekiladi, 448 ga er bog’dan iborat. K.t.da 12 shirkat xo’jaligi, 1 jamoa, 4 paychilik, 244 fermer, 156 dehqon xo’jaligi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xo’jaliklarida 26,3 ming qoramol, 27,4 ming qo’y va echki, 27,1 ming parranda mavjud (2002). Asalari boqiladi. K.t.dan (Kogon sh. orqali) qo’shni mamlakatlarga boriladigan xalqaro t.y. o’tgan. Avtomobil transporti tu- manni viloyat markazi Buxoro sh. Hamda qo’shni tuman markazlari va b. shaharlar b-n bog’laydi. Avtomobil yo’llarining o’z. 230 km dan ortiq. Tumanda 22 umu- miy ta’lim maktabi, gimnaziya, 7 ma- daniyat uyi, 20 jamoat kutubxonasi, 28 sport inshooti, kasalxona (230 o’rin), ambo’latoriya, poliklinikalar mavjud. Tarixiy-me’moriy yodgorliklar- dan Kogon sh. dagi tarixiy obidalar, Yangihayot qishlog’idagi Sayid Amir Kulol, Qasri Orifon (Naqshband) qishlog’idagi Bahouddin Naqshband me’- moriy majmualari (14-a.) saqlangan. K.t.da “mehnat bayrog’i” gaz. chop eti- ladi (adadi 1180 nusxa).