Kino san’ati

Kino san’ati — kinematogra- fiya ning texnik vositalar asosida shak- llangan badiiy ijod turi; ekran san’- atining muhim tarkibiy qismi; Real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikasiya vositalari yordamida suratga olish; kinofilmlar- ning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televidenie, video- kasseta va videodisklarni xam o’z ichiga oladi. K.s. kinematograf b-n bir vaqtda paydo bo’ldi. Kinematograf esa fan va texnika taraqqiyoti b-n bog’liq holda yuzaga keldi va asta-sekin zamonaviy iqtisod, san’at va madaniyatning eng za- rur sohasiga aylandi. Kino 1895 y. 28 dek.da Parijda (IX- tirochilar aka-uka o. va L. Lyumerlar) yuzaga kelgan. Uning yuzaga kelishi, o’z na- vbatida, insoniyatning badiiy madaniya- ti tarixida ob’ektiv qonuniyat bosqichi bo’ldi. K. eda adabiyot, teatr, tasviriy san’at va musiqa tajribalari, uning estetik jihatlari uyg’unlashtirilib, o’ziga singdirilgan holda voqelik o’ziga xos ifoda vositalarida fotog’rafik tasvir orqali ko’rsatiladi. K.s.ning ommani ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan tarbiyalashda, kishilar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va his- tuyg’ulari, umuman, ma’naviy dunyosi- ning shakllanishida g’oyaviy-badiiy ta’- siri kuchlidir. K.s.ning qaror topishida Amerika kinorejissyori D. Griffitnit xizmatlari katta. Birinchi bo’lib, u Yi- rik plan, parallel montaj, kengaytiril- gan panorama kabi ifodali vositalarni qo’llagan. Shuningdek, S. Eyzenshteyn, Ch. Chaplin, E. Shtrogeym, K.Dreyer, K. VI- dor, R. Kler qabilar ham jahon kinosi rivojiga munosib hissa qo’shdilar. 20-a.ning 1-yarmida K.s.ning janr ti- zimidan ko’proq komediya xarakteridagi sarguzasht hamda qo’rqinchli filmlar o’rin oldi. 20-y.lardan kinoda turli uslubiy izlanishlar bo’ldi. Mas, “eks- pressionizm”, “poetik kino”, “maxfiy kino” harakati, “ochiq kino” va b. Keyinroq turli mavzular qatori kinohikoyalarga alohida e’tibor beril- Di. Ko’proq ma’lum bir tarixni hikoya qiluvchi filmlar ko’paydi. Urushdan keyingi yillar rivojlangan mamla – katlarning ilg’or kinematografchilari ishlagan filmlar, ayniqsa, Italiya ne- orealizmi ekran san’atining asosini tashkil etdi. 50-y.larning oxirlari K.s.da kino va televideniening o’zaro bir-biriga ta’siri, bir necha soat davom etadigan filmlar ishlash kabi muhim o’zgarishlar yuz berdi. Ayni bir vaqtda K.s. b-n bog’liq teleekran ijodi paydo bo’ldi va rivoj topdi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kabi ko’pgina mamlakatlarda yangi kinemato- grafiyaning paydo bo’lishi, bir qator G’arb davlatlarida o’ziga xos kinemato- grafik maktablarning rivojlanishi kino mahsulotlarining xilma-xilli- gini ta’minladi. K.s. janr va uslub jihatdan boyidi. Ekran ijodida poli- foniyaning turli shakllari qo’llanila boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda eski janrlarning o’ziga xos qayta uyg’onish davri boshlandi. Birinchi navbatda, melodrama hamda kinematografik ba- yonda an’anaviy shakllarning jonlani- shi ko’zga tashlandi. Ayni vaqtda yangi televizion tizim (kabelli televide- Nie), er yo’ldoshi orqali o’zatiladigan ko’rsatuvlar, videomagnitofon, VI- deokasseta, videodisklarning keng tarqalishi natijasida K.s.ning rivoj- lanishi murakkablashdi. K.s. asarlari yozuvchi-dramaturg, rej., aktyor, operator, rassom, kompozitor kabi ijodiy xodimlardan iborat ja- moa mahsulidir. Kinoda rej. Etakchi rol o’ynaydi. Film yaratish 2 tomon- ni — ijod va i.ch.ni o’z ichiga oladi. Kino i.ch.ning markazi — kinostudiya. Tayyor filmlar kinoprokat orqali tarqatiladi va ular kinoteatr, televi- denieda ko’rsatiladi. Ekran san’atining o’ziga xos ifoda vositalari bor: umumiy, o’rta va yirik planda suratga olish, turli rakurslarda kameralar harakati, epizod va kadrlar montajining turli shaklla- ri va b. K.s.ning 4 asosiy turi mavjud: badiiy film, ilmiy-ommaviy kino, hujjatli kino va multiplikasion kino. Shulardan badiiy film K.s.ning asosiy turlaridan bo’lib, maxsus yozil- gan stsenariy yoki qayta ishlangan badi- iy adabiyot (hujjatli yoki badiiy proza, teatr dramaturgiyasi va b.) asosida ijod- ning ijroviy vositalari yordamida Real yoki to’qima voqealarning bayon etilishi; ilmiy-ommaviy kino tomoshabinlarni tabiat va jamiyat hayoti, ilmiy kashfiyot va ixtirolar b-n tanishtiradi. K.s.ning yana bir muqim turi — multiplikasion kino. Eng keng tarqalgan shakllari rasm- li va qo’g’irchokli filmlardir. Rassom chizgan rasmlar yoki maketlar, shuning- dek, qo’g’irchoqlar harakatlantirilib ki- notasmaga tushiriladi. Hujjatli kino — bo’lgan voqea va harakatlarni tasmaga tushiradi. K.s.ning komediya, tarixiy, dramatik va sarguzasht filmlar kabi janrlari mavjud. O’zbekistonda birinchi film 1897 y. “Eski jo’va” maydonida ko’rsatilgan. 1908 y.dan Toshkent, Samarqand, Qo’qon va b. shaharlarda chet el filmlari namoy- ish etilgan. O’rta Osiyoda ko’rsatilgan kinolentalar, asosan, Amerika, Fran- tsiyaning Sharq ekzotikasi tasvirlan- gan filmlaridan iborat bo’lgan. O’zbek milliy K.s. 20-a.ning 20-y.larida Vu- judga keldi. Birinchi o’zbek kinoopera- tori Xudoybergan Devonov o’zining ilk hujjatli-xronikal filmlarida o’zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, xo- razm manzaralarini aks ettirishga in- tilgan. 1924 y. rus-Buxoro shirkati “Buxki- no”, 1925 y. Toshkentda “Sharq yuldo’zi” (1936 y.dan “O’zbekfilm”) kinofa- brikasining tashkil bo’lishi o’zbek K.s. rivojini boshlab berdi. Lekin mil- liy kadrlarning etishmasligi natija- sida studiyani tashkil etishga urinish va “Buxkino” shirkati qoshida munta- zam suratga olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo’ldi. Toshkent Studi- yasiga hali kino sohasida yaxshi tanil- magan rus kino arboblarining kelishi, ularning kasbiy saviyasining pastligi haqiqiy milliy mazmundagi kinolar yaratishga yo’l qo’ymasdi. Ular yaratgan filmlar faqat ekzotik va tashviqiy xarakterda bo’lib, o’zbeklar hayoti bo’zib ko’rsatilardi, o’zbek ayollari rolini rus aktrisalari o’ynashi natijasida qahramonning ichki dunyosi, uning psi- xologik kechinmalari ochib berilmasdi [mas, “o’lim minorasi” (rej. V. Viskov- skiy), “musulmon qiz” (D. Bassaligo), “Ikkinchi xotin” (M. Doronin) va b.]. Kino ishlatshda milliy proza va drama- turgiyadan foydalanishdan bosh tortish, o’zbek hayotini bilmaydigan rus muta- xassislarning o’zlari yozgan stsenariy- lari asosida film yaratishi milliy kino uchun juda katta yo’qotish bo’ldi, o’zoq yillargacha o’z shakl-shamoyiliga ega bo’lolmadi, uning “o’zbek milliy kinosi” sifatida shakllanishiga o’tib bo’lmas to’siq bo’ldi. Ovozsiz filmlarda berilgan maz- Mun tomoshabinga ko’proq Evropa muta- xassislari nuqtai nazarini ifodaladi, chunki milliy an’analarni bilishdan yiroq mualliflarning asarlari shu ruxda yaratilgan edi. 20-y.lar yaratilgan “Soyabon arava” (o. Frelix), “Ravot qashqirlari” (K. Gertel), “Makrli Chan- gal” (V. Kozlov), “Chodira” (M. Averbax) kabi filmlar shular jumlasidan. Ovozli kinoning yuzaga kelishi o’zbek K.s.ning ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o’zbek ovozli filmi “qasam” (1937, rej. A. Usoltsev-graf)da mil- liy aktyorlik madaniyati, o’zbek hayoti va psixologiyasi mufassal aks etdi, ij- timoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya namoyon bo’ldi. Chunki barcha bosh rollarni o’zbek aktyor- lari o’ynagan edi. Lekin baribir asar ovozsiz kino davridagi eski kino mada- niyati qoldig’utridan xoli bo’lolmagani sababli o’tmish va bugungi kun o’rtasida arosatda bo’lib qoldi. Shu sababli, o’sha davrda yaratilgan Gro’ziya, Ozarbayjon filmlari kabi eng yaxshi filmlar da- rajasiga ko’tarila olmadi. O’zbek kinosining muboshiri bo’lgan “Nasriddin Buxoroda” (1943, rej. Ya. Protazanov) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi, tasviriy vositalar qatorini qanday chi- royli va ifodali qurish mumkinligini ko’rsatdi, yuqori darajadagi ijro uslu- bini o’rgatdi. “Tohir va Zuhra” (1945, rej. N. G’aniev) filmi xalq ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegara- sini “bo’zib” o’tgan holda tarixiy filmlar yaratishga asos soldi, milliy ruhdagi ifodali o’yin imkoniyatlari- ning naqadar kengligini his etishga im- kon berdi. Keyinroq yaratilgan “Alisher Navoiy” (1947, rej. K. Yormatov) fil- Mining yaratilishiga “Tohir va Zuxra” kinosi muhim poydevor bo’lib xizmat qildi. Shuningdek, “boy ila xizmatchi”, “Qutlug’qon” (1953, 1957, rej. L. Fayzi- eV), “shohi so’zana” (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy asarlar ekranlashtirildi. O’zbek kinosida yoshlarda zamon tala- blariga yangicha qarash shakllandi, eski qolip va taxminlardan o’zoqlashdilar, dunyoga shoirona nazar tashlash imko- niyatlari namoyon bo’ldi. Shu b-n birga hayot faqat sevish, xursandchilik qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chi- royli kiyinishdan iborat deb bilgan shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiya- viy ahamiyatga ega bo’lgan filmlar ham o’zbek ekran san’atiga yangi bir sahifa bo’lib kirib keldi. Bu, ayniqsa, rej. E. Eshmuhamedov ijodida [“nafosat” (1966), “Sevishganlar” (1969) va b.] yaqqol ko’zga tashlandi. “Maftuningman” (1958, y. A’zamov), “mahallada duv-duv ran”, “Sen etim emassan”, “Qalbingda quyosh”, “Toshkent — non shahri” (1960, 1962, 1966, 1967, rej. Sh. Abbo-sov), “Sinchalak”, “Ulug’bek yuldo’zi”, “na- tashaxonim” (1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziev), “o’tgan kunlar” (1969, rej. Y. A’zamov)va b. filmlar shular jumlasi- dan. Milliy kino ijodkorlarining tash- kiliy va ijodiy ishlar, to’plangan taj- ribalarni yangicha ko’z b-n ko’rib chiqishi, ekran san’atiga talabchanlikni oshiri- shi natijasi o’laroq tarixiy-inqilobiy filmlar (“qora konsulning halokati”, rej. K. Yormatov; “ettinchi o’q”, A. Hamroev va b.) b-n bir qatorda zamona- viy mavzuda ham bir qancha filmlar ishlandi: “shiddat” (rej. U. Nazarov), “Yoz yomg’iri” (A. Qobulov), “falokat oyoq ostida” (3. So-Bitov), “Sevgi fojiasi” (TSh. Abbosov), “alangali so’qmoqlar” (Y. A’zamov), “seni kutamiz, yigit” (R. Botirov),”achchiq danak”, “o’zganing Bax- ti” (q. Kamolova), “inson qushlar orti- dan boradi” (A. Hamroev, Dehli xalqaro kinofestivalida “kumush tovus” muko- fotini olgan, 1976), “Chinor ostidagi duel” (M. Abzalov) va b. Shuningdek, buyuk allomalar hayoti haqida so’zlovchi “Nodirabegim” (rej. K. Yormatov), “Abu Rayhon Beruniy”, “olovli yo’llar” (Sh. Abbosov) hamda “zulmatni tark etib…» (Y. A’zamov), “Shum bola” (D. Salimov) va b. O’zbek kinosi izlanishlarni ken- gaytirishga, jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy jarayonlarni yanada chuqur va yorqin ifodalovchi kinolentalar yaratish- ga intildi. Ekran son va sifat jihatdan yana bir pog’ona ko’tarildi, janrlar esa shakl va mazmun jihatdan kuchaydi, ular- ning xilma-xilligi oshdi, qolipga tu- shib qolgan odatiy mazmunlardan qochish sezildi. “Alibobo va qirq qaroqchi” (rej. L. Fayziev, U. Mehra), “mana o’sha yigit qaytib keldi” (R. Botirov), “Oltin jun- li qo’y terisi”, “Uygonish” (L. Fayzi- eV), “bo’ysunmas” (A. Qobulov), “Qiyomat qarz” (u. Nazarov), “dahoning yoshligi”, “Karaxtlik” (E. Eshmuhamedov), “Pa- rol “Regina” mehmonxonasi” (y. A’za- mov), “Armon”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo’zg’oloni”, “Maysaraning ishi” (M. AB- Zalov), “orzular og’ushida” (F. Zaynut- dinov) va b. filmlar estetik sifatini ustunligi va yangi-yangi shakllari b-n AJ- ralib turadi. Keyingi 10 yillikda milliy K.s. rivojida keskin burilish davri bo’ldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abza- lov, 3. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng og’riq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi ta’- minlandi. “Tongga qadar” (yu. Azimov), “AJ- dodlar ovozi” (F. Shermuhamedov), “Ket- ma” (J. Ishoqov, R. Sa’dullaev), “Sevgi qurbonlari” (A. Ismoilov) kabi fil- mlar e’tiborga molikdir. 1996 y. mil- liy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi bo’ldi. Vazirlar Mahkamasining 1996 y. 12 iyul 247-qaroriga asosan, “O’zbekkino” davlat aktsionerlik kom- paniyasi tashkil bo’ldi. Farmon o’zbek kinosini yangi izlanishlar, zamon b-n hamnafas bo’lish vazifalariga unda- Di, tomoshabinni jalb qila bilish yo’llarini topishga, o’z-o’zini pul b-n ta’minlash, yangi texnik jihozlar b-n qurollanishga majbur etdi. Farmon na- tijasi o’laroq, “Kenja qiz” (R. Kubae- va), “atrof oppoq qor b-n qoplangan” (Q. Kamolova), “Yuldo’zimni ber osmon” (F. Davletshin), “Buyuk Sohibqiron” (I. Ergashev, B. Sodiqov), “Otamdan qolgan dalalar” (Sh. Abbosov), “Marg’iyona” (H. Fayziev), “o’tgan kunlar” (M. Abza- lov, H. Fayziev), “Piyoda” (R. Malikov), “Yaratganga shukur” (3. Musoqov), “Sev- gi” (I. Ergashev), “yolg’iz yodgorim” (S. Nazarmuhamedov), “Tilsimoy — g’aroyib qizaloq” (M. Boymuhamedov) kabi yangicha talqindagi filmlar yuzaga keldi. Hoz. kunda kinoning ijtimoiy nufo’zi oshdi, mavzu doirasi kengay- Di, mahalliy yozuvchilar asarlarining ko’payishi ko’zga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mav- zular qayta ishlab chiqildi. “Ayollar saltanati” (yu. Roziqov), “Chayongul” (S. Nazarmuhamedov), “Parimomo” (M. Ra- jabov), “ona” (3. Musokrv) va b. keying yillarning eng yaxshi filmlaridir. Badiiy kinoni jaxrnga tanit- gan, o’zbek kinosining asoschisi Nabi Faniev, xalq artisti Komil Yormatovlar ijodi o’zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bo’lib qoladi. Shuningdek, Y. A’zamov, Sh. Abbosov, L. Fayziev, 3. Sobitov, R. Botirov, A. Xamroev, A. Qobulov, Q. Kamolova, 3. Musoqov, I. Ergashev, H. Fayziev kabi rej. va H. Fayziev, A. Pann, M. Krasnyanskiy, A. Mukarramov, M. Penson, D. Fatxullin, A. Ismoilov, L. Traviskiy, D. Abdul- laev singari operatorlarning milliy kinoning kamol topishida va jahon kino san’ati katoridan o’rin olishida xizmat- lari beqiyosdir. O’. Alixo’jaev, Sh. Ergashev, R. Sa’- dullaev, M. Rajabov, T. Shokirova, R. Adashev, D. Qambarova, B. Zokirov, D. Egamberdieva va b. eng yaxshi kino aktyor- lardir. O’zbekistonda “O’zbekfilm”dan tashqari “Vatan”, “imon”, “in- son”, “yog’du”, “Dostonfilm”, “Samarqandfilm”, “Shod”, “Yuldo’z” singari kinostudiyalar ishlab turibdi (2002). O’zbek hujjatli kinosi, asosan, 30-y. lardan boshlangan. F. Nazarov, N. Ga- silov, V. Timkovskiy, K. Alikaev, M. Kovnat, N. G’aniev, Y. A’zamov kabilar hujjatli kinoning dastlabki yilla- rida ko’tarinki ruh b-n ishladilar va ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdilar. “Ishlab chiqarishda jismoniy tar- biya” (rej. Y. A’zamov), “ajoyib ish” (N. G’aniev), M. Qayumov suratga olgan “O’zbek paxtakorlarining g’alabasi”, “O’zbek xalqining bayrami” (Sh.Zohidov, O.Tursunov b-n hamkorlikda), “katta Farg’ona kanali”, “kuchli oqim” fil- mlari yuqori baholandi. Ayniqsa, “Tosh- kent to’qimachilar kombinata” (1938) filmi Nyu-Yorkda o’tkazilgan jahon ko’rgazmasida Oltin medalga sazovor bo’ldi. Urush yillari “frontdagi do’stlarga” (rej. K. Yormatov), “frontga sovg’a” (S. Muhamedov, Y. A’zamov), “5 respublika kontserti” (A. Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi. Urushdan keyin hujjatli kino ijodkorlari g’ayrat va shijoat b-n ol- dinga yangi qadam tashlash b-n ijodi- ni boshladi. “To’rt darvozali shahar”, “O’zbekistonimizga keling”, “insoni- yatning besh qo’li”, “Farhod chiroqlari” (hammasining rej. i M. Qayumov), “So- vet O’zbekistoni” (K. Yormatov) singari kinoyilnomalarning yorqin va hayotiy kinotasmalari yaratildi. Keyinchalik yaratilgan hujjatli filmlarda O’zbekistonda qurilayotgan z-D va f-kalar, GESlar, qo’riq erlar- ning o’zlashtirilishi, fan va san’at fidoyilari hayoti va ijodi, sanoat yutuqlari, yirik xalqaro musobaqalar o’z aksini topdi: “bahordan bahorga- cha”, “13 qaldirg’och”, “zilzila” (M. Qayumov), “O’qituvchi” (N. Ataullae- va), “O’zbekiston gazi va kimyosi” (N. Rahimboev), “moviy olov kishilari” (R. Grigorev), “yo’lda va ona yurtda”, “Ashurov voqeasi”, “ochiq aytganda”, “Izlanish davom etmokda” (hammasining rej.i T. Nodirov) va b. shular jumlasi- dan.M. Qayumovning ko’p yillik ijo- Di o’zbek hujjatli kinosi tarixida alohida bir sahifa bo’lib qoladi. U b-n yonma-yon ijod qilgan Sh.Zohirov, T. Nodirov, A.Saidov, O.Tursunov, N.Ataullaeva, P.Rasulov, M.Arabov, A.Yoqubov, N.Rahimboevlarning ham hujjatli kino ravnaqida xizmatlari katta. So’nggi yillarda o’zbek hujjatli ki- nosi o’zini ancha o’nglab oldi, mavzular doirasi kengaydi, hayot bilan hamnafas filmlar yaratildi. Katta avlod o’rnini yangi yosh rej., operator, stsenariychi va b. mutaxassislar egalladi. “Sharof Ra- shidov”, “Abdulla Qodiriy”, “og’riq” (Davron Salimov), “Islom Karimov. 21-asr bo’sag’asida” (Sh. Qurbonboev), “O’zbekiston bahori” (Sh. Qurbonboev, E. Xachaturov), “O’zbekiston oltini” (N. Mahmudov), “Non” (G’. Shermuhamedov), “Jahonga yo’l” (Sh. Maxmudov), “O’zbekiston qurolli kuchlari”, “Fi- trat” (G’. Shodmonov) va b. keyingi yil- lardagi eng yaxshi filmlardir. Zamona- viy hujjatli kino rivojida Davron sa- limov, B. Mo’zaffarov, Sh. Mahmudov, Sh. Qurbonboev qabilarning o’rni alohida (yana q. Hujjatli kino). Multiplikasion kino O’zbekistonda 60-y.lardan boshlandi. Respublikada birinchi qo’g’irchoq film ijodkori yu. Petrov bo’ldi. “6×6 kvadratida” nomli birinchi filmni (Damir Salimov b-n hamkorlikda) yaratdi. Keyinchalik yara- tilgan “sehrli sandiq” (Damir Sali- mov), “Rahim va qo’ng’iz” (q. Kamolova), “Qishki ertak” (3. Royzman), “Shahar qurbaqalari” (A. Akbarxo’jaev), “Sehrli samovar” (M. Maxmudov), “olma haqida ertak” (N. To’laxo’jaev) kabi multfil- mlarda turli mavzular yoritildi. Keyingi o’n yillikda turli janr- larda yaratilgan multiplikasion fil- mlar keyingi davr rivojini ta’minla- Di. “Bahrom va Dilerom”, “qoziq” (rej. M. Mahmudov), “yangi ko’hna ertak” (S. Murodxo’jaeva), “daladagi chechaklar” (N. To’laxo’jaev), “yanchar quyon” (D. Vlasov), “Yangi shoxcha va ba-hor yomg’iri haqida” (S. Silka) va b. shular jumlasidan. Yana q. Multiplikasion kino. “O’zbekfilm”da ko’p yillardan buyon jahonning eng yaxshi filmlarini o’zbek tiliga tarjima qilib, o’zbek tomosha- biniga etkazuvchi dublyaj guruhi xiz- mat qilib kelmokda. Bu sohaning asos- chilari va faol ishtirokchilaridan q. Mirmuhamedov, M. G’aniev, S. Saidov, B. Haydarov, S. Iskandarov, J. Obidov, V. Kutyukov, A. Sharapovlarni ko’rsatish mumkin. K.s. masalalari b-n san’atshunos- lik ilmiy tadqiqot in-ti shug’ullanadi. Kino ijodkorlari N. G’aniev nomidagi kinotexnikum va Toshkent san’at in- tida tayyorlanadi. O’zbekiston kino ar- boblari birlashmasi (1962-96-y.larda O’zbekiston kinematografchilar uyush- masi), 1966 y.dan Kinochilar uyi, 1972 y.dan kino san’ati muzeyi ishlab turib- Di. Ad.: Abul – Kasimova X., Rojdenie o’zbekskogo kino, T., 1965; Teshabaev Dj., Puti i poiski, T., 1972; Teshabaev Dj., O’zbekskoe kino: Tradisii, novatorstvo, T., 1979; Hasanov B., O’zbek hujjatli ki- nosi, T., 1972; Abul-Kasimova X. .Tesha- Baev Dj., M irzamuxamedo va M., Kino O’zbekistona, T., 1985. Jo’ra Teshaboev, Mohina Ashirova.