Kalman (Kalman) Imre
Kalman (Kalman) Imre (1882.24.10, Shiofok sh., Vengriya — 1953.30.10, Parij) — Venger kompo- zitori, operetta janri yirik ustasi. Ijodiy faoliyatini simfonik, vo- kal, fortepiano asarlari hamda kabare (estrada teatri) uchun qo’shiqlar yozish- dan boshlagan. “Kuzgi manyovrlar” (1908) ilk operettasi Evropa va AQShning bir qancha shaharlarida sahnalashtirilgan bo’lib, kompozitorga katta Shuhrat kel- tirgan. Jami 20 ta operetta yaratgan: “Lyuli-Premer” (1912), “Chardash raqsi qirolichasi”(1915, “Silva” nomi b-n ham mashhur), “Bayadera” (1921), “Gra- finya Marisa” (1924), “tsirk malikasi” (1926), “Monmartr binafshasi” (1930) va b. Asarlariga syujet holatlarining ke- skinligi, musiqali dramaturgiyasining rivojlanganligi, orkestr bo’yoqlari hamda kuylarning yorqinligi xos. Uslubi Venger musiqa folkloriga yaqinligi b-n ajralib turadi.