“Kamalak-TV”
“Kamalak-TV” — O’zbekiston Re- spublikasida aholi va tashkilotlarga telekommunikasiya xizmati ko’rsatuvchi O’zbekiston — Amerika qo’shma korxona- si. O’zbekiston Respublikasi tomonidan Respublika radioaloqa va televidenie i.ch. birlashmasi (aloqa vazirligi) va AQSh tomonidan Interneyshnl Tellssll IPK kompaniyasi 1992 y. tashkil qilgan. “K.-TV” — yuqori sifatli sun’iy yo’ldosh televidenie tizimi. “K.-TV” o’z faoliyatini televidenie xizmatlari ko’rsatishdan boshladi. Amerika tomoni qo’shma korxonaga efir-kabelli televi- deniening zamonaviy texnologiyasi va jihozlari tizimini etkazib berdi (bu tizim jaqonda MMDS belgisi b-n ma’- lum). “K.-TV” kabel bo’yicha mijozlar (abonentlar) ga 1993 y. 8 ta television kanal bo’yicha xizmat ko’rsatgan, 2002 y.da bu ko’rsatkich 20 televizion kanalga etdi. Bu kanallar bo’yicha sutka mobaynida bu- tun dunyodan o’zbek, rus, ingliz, nemis, frantsuz, koreys va b. tillarda 28 sun’iy yo’ldosh dasturlari olib ko’rsatiladi. “K.-TV” olib uzatadigan kanallar orqali esa yangi axborotlar, filmlar, sport musobaqalari, voqealar sodir bo’layotgan joylardan to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatuvlar, musiqa dasturlari, iqtisod va siyosatga doir ma’lumotlar, hayvonot va o’simlik dunyosi, multfilmlar va b. qiziqarli dasturlar olib ko’rsatiladi. “K.—TV” tizimiga yakka abonentlar ham, jamoa abonentlar ham, korxonalar ham ulanishi mumkin. Uning abonentlari soni — 30 mingdan ortiq (2002). “K.- TV” orqali uzatiladigan signallar kod- lab qo’yiladi va abonentlar televizor- lariga maxsus qurilmalar o’rnatiladi. Mirkomil Mirboboev.