Kaltsiy sulfat
Kaltsiy sulfat, CaSO4 — sulfat kis- lotaning kaltsiyli tuzi. Rangsiz kri- Stall modda. Tabiatda digidrat CaSO42 H2O (gips, alebastr) va angidrit CaSO4 holida uchraydi. Suyuqlanish t-rasi 1460°; zichligi 2,98 g/sm3. Ikkita beka- ror geksagonal panjarali modifikasiya- si ma’lum (a-va r-CaSO4 a — CaSO4 ning zichligi 2,587 g/sm3. (3-CaSO4 niki 2,484 g/sm3. Ikkala modifikasiya ham suvda eriydi, gigroskopik, 0,5 va 2 molekula suvli kristallogidratlar hosil qiladi. Tabiiy suvlar tarkibida K. s. miqdori ortishi b-n ularning qattiqligi ham ortib boradi. Ko’mir b-n birga qizdirilganda CaS gacha qaytariladi. K. s. kaltsiy xloridga kaliy sulfat ta’sir ettirish yo’li b-n olinadi. Ta- biiy K. s. boglovchi materiallar, sun’iy usulda olingan K. s. esa termolyuminis- tsent materiallar olishda qo’llaniladi. Kaltsiy xlorid, SaS12 — xlorid kislo- taning kaltsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 775°, qaynash t-rasi 1957°; zichligi 2,512 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Soda va Bertolle tuzi olish jarayonida ko’p mikdorda hosil bo’ladi. Yog’och va matolarga K. x. eritmasi shim- dirilsa, o’tga chidamliligi ortadi. K. x. kaltsiy metali va uning tuzlarini olish- da, gaz va suyuqliklarni quritishda, be- tonning qotish jarayonini tezlashtirish- da, tibbiyotda asabni tinchlantiruvchi, qon to’xtatuvchi dori sifatida, allergic kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.