KAMTUKLI HALQALILAR

KAMTUKLI HALQALILAR (Oligo chaeta) — halqali chuvalchanglar sinfi. Uz. bir mm ning bir necha ulu- shidan 2,5 m gacha. Halqalari soni 5-7 dan 600 gacha. Parapodiy va paypasla- gichlari yo’q. Tuklari ko’p tuklilarga nisbatan kam sonli (nomi shundan olin- gan), 2 to’pdan tanasining ikki yonida joylashgan. Sezgi organlari odatda bo’lmaydi, faqat suvda yashovchi ayrim turlarida yorug’lik sezuvchi ko’zchalar bor. 25-27 oilasi (yomg’ir chuvalchanglar, namdidalar, nayyasarlar, Qisqichbaqa zu- luklar va b.), 5 mingga yaqin turi bor. Ko’pchiligi tuproq va chuchuk suvda, 200 ga yaqin turi dengizlarda hayot kechiradi. Asosan, detrifaglar, bir necha turlari yirtqich, parazit (Qisqichbaqa zuluklar) yoki kommensal. Germafrodit, jinsiy bezlari tanasi oldingi qismidagi bir necha bo’g’imlarida joylashgan. Tuxumlari pilla ichida urug’lanadi. Pilla belbog’i ishlab chiqaradigan suyuqligidan hosil bo’ladi. Ba’zan tuxumlari urug’lanmasdan partenogenez usulda ko’payadi. O’zgarishsiz rivojlanadi. Ayrim turla- ri ko’ndalangiga bo’linish orqali jins- siz ko’payadi. Tuproqda yashovchi K.h. gu- mus hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi; tuproq strukturasini yaxshilab, uningu- numorligini oshiradi. Suv K. h. ba’zan bentosning asosiy qismini tashkil eta- Di; ifloslangan suv havzalarining toza- lanishiga yordam beradi; baliqlar uchun oziq bo’ladi.