Kanpir devor

Kanpir devor, kampir devor, Devori Kan(m)pirak — O’rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko’chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida bar- po qilingan mudofaa inshootlari tizi- Mining xarobalari. Ma’nosi “qazilgan” (choh) demaqdir. Talaffuzda “n” b-n “m” almashuvi kuzatiladi. Pir so’zi esa qad. payrya — aylana, o’rov ma’nosida. De- MAK Kan(m)pir so’zining o’zi xandakli de- vor degani. Devor so’zi kanpir so’zining tub ma’nosi unutilganda qo’shilgan. 1) qad. Buxoro vohasidagi shahar- qishloqlarni o’rab olgan mudofaa devo- ri (devori Kanpirak). M.Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari (yu-a.)dagi ma’- lumotga ko’ra, K.D. 782-831 y.larda qurilgan. Mas’udiy (yu-a.)ning yozishi- cha, K.D. qad. Sug’d podsholari zamonida bino qilingan. Narshaxiy ma’lumoti K.D.ning qayta tiklangan davriga to’g’ri keladi. K.D. xarobalarini arxeologik jihatdan o’rganish yozma manbalardagi ma’lumotni to’la tasdiqladi. Mas’udiy xabar qilgan dastlabki ko’hna devor nar- shaxiy yozgan K.D.ga qaraganda ancha ki- chik maydonni egallagan. Sun’iy marza holida saqlangan. K.D. xarobalarining eni 25-35 m, bal. 1-3 m, ba’zi erlar- da 4 m gacha etadi. Dastlabki vaqtlarda uning kengligi 12-14 m, bal. 8-10 m, uz. 336 km bo’lgan; 2) qad. Sug’d vohasini o’rab olgan K.D. 8-a. oxiri — 9-a. boshla- rida bino qilingan. Uz. 120 km. Sun’iy ko’tarma holida saklangan K.D. xarobasi- ning kengligi 15-20 m, bal. 2—4m; 3) qad. Usrushona vohasini o’rab olgan. Bu devor ham sun’iy ko’tarma holida salan- gan bo’lib kengligi 15— 20 m, ba’zi joy- larda, hatto 25 m. Bal. 1 m dan 3 m gacha; 4) qad. Farg’ona vodiysining g’arbidagi K.D. 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida bino qilingan. Devor xarobasi shim.dan Jan. ga yo’nalgan bo’lib, juda yaxshi saqlangan. Kengligi 12-15 m, bal. 2-4 m; 5) qad. Toshkent vohasini shim. tarafdan o’ragan K.D. Xo’jakentdan Sirdaryogacha cho’zilgan bo’lib, xarobalarining kengligi 10— 15 m, bal. 1-2 m. 8-9-a.larda O’rta Osiyo- da arablar hukmronligi davrida Buxoro, Sug’d va Usrushona vohalari atrofida- gi K.D.lar bir-biri b-n tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga kelti- rilgan. K.D.lar ko’chmanchi qabila, elat- larning o’troq dehkonchilik vohalariga bosqinchilik, talonchilik yurishlariga qarshi to’siq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yo’nalish chiziqlari Buxoro, Sug’d, Usrushona, Toshkent va G’arbiy Farg’ona vohalarining 8-9-a. lardagi obod erlari chegaralari va katta- kichikligini aniqlashga yordam beradi. 10-a.da (Somoniylar davrida) K.D.lar o’z ahamiyatini yo’qotib, xarobaga aylana boshlagan (yana q. Mudofaa devorlari). Ad. Muhamedov H., Qadimiy mu- dofaa devorlari, T., 1973. O’tkir Alimov, Mirsodiq Ishoqov.