KAMPIRRAVOT TO’G’ONI
KAMPIRRAVOT TO’G’ONI Qoradaryodagi gidrotexnika inshooti. 1937— 40 y.larda qurilgan. K.t. radiu- si 167 m li egriliqda. Umumiy uz. 137,5 m, bal. 6 m, eni 4 m. To’g’on 8 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 15 m. Qoradaryoga o’ngdan yassi, chapdan O’zgan qo’shilgach, suv Kampirravot darasidan o’tadi va Farg’ona vodiysiga chiqib ken- gayadi. Ilgari daryoning shu qismi tosh, chim, shox-shabba b-n to’silib, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqarilgan. Qoradaryoda toshqin boshlangan paytlar- da kanal va suv chiqaruvchi to’siqlar xavf ostida qolar edi. Shularni hisobga olib, K.t. qayta qurildi. Qurilish 1937 y.da Shahrixon va Andijon kanal rostlagichi va to’g’on asosini qazish b-n boshlandi. To’g’onning maksimal suv sarfi 1500 m3/ sek. Bu suv uzelida to’g’ondan tashqari, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan, u 10 dar- vozadan iborat; har bir darvozaning uz. 5 m. Rostlagichning eng ko’p suv sarfi 230 m3/sek.