Karbidlar

Karbidlar (lot. carbo — ko’mir) — uglevodorodning, asosan, metallar va ba’zi metallmaslar b-n hosil qilgan birikmalari. Kimyoviy bog’i turiga ko’ra, K. 3 asosiy guruhga bo’linadi: ion (yoki tuzsimon), kovalent va metallsimon K. Ion K. tarkibida metall kationla- ri va uglerod anionlari bo’ladi. Ion K.ga atsetilenidlar (atsetilen S2N2 dagi vodorod o’rnini metall atomlari egallashidan xrsil bo’lgan mahsulotlar) va metanidlar (metan SN4 dagi vodo- rod o’rnida metall atomlari bo’lgan mahsulotlar) kiradi. Ishqoriy metal- lar karbidlari (Li2C2, Na2C2 va b.), ishqoriy-er metallar karbidlari (SaS2, VaS2, MgC2 va b.), siyrak-er metallar- ning yuqori karbidlari (YC2, LaC2 va b.), aktinoidlar karbidlari (ThC2 va h.k.) atsetilenidlardir. Kaltsiy kar- bidga o’xshagan atsetilenidlar suv yoki suyultirilgan kislotalarda parchalanib, atsetilen (yoki atsetilenning boshqa ugle- vodorodlar, ba’zan vodorod b-n aralash- masi)ni ajratib chiqaradi. Oson gidro- lizlanib, metan ajratib chikaradigan berilliy karbid ve,S, alyuminiy karbid A14S, metanidlarga mansub. Kovalent K.ga kremniy karbid SiC va bor karbid V4S (to’g’rirog’i V|2S3) misol bo’la oladi. Bularda atomlararo bog’juda mustahkam. Kovalent K. nihoyatda qattiq, issiqqa chidamli, kimyoviy jihatdan inert moddalar — yarimo’tkazgichlar hisoblanadi. Metallsimon K.ga qiyin eriydigan metallar K. i kiradi. Bu K. elektrni yaxshi o’tkazgani uchun “metallsimon” deb atalgan. Ularning qattiqligi juda yuqori, ishqalanishga yaxshi chidaydi. Ti- tan karbid TiC, pyx karbid ZnC, niobiy karbid NbC, gafniy karbid HfC va tantal karbid Tas larning bir-biri b-n hosil qilgan qotishmalari muhim. Mac, 25% HfC va 75% Tas dan iborat qotishmaning suyuqlanish t-rasi juda yuqori (4000° ga yaqin). Metallsimon K. ishqorlar ta’- siriga chidamsiz, lekin kislotalar ta’- siriga juda chidamli. Metall va ko’mir kukunini inert gaz yoki qaytaruvchi muhitda qizdirib, shuningdek, metal- lni 1500-2000° da suyuqlantirib (ayni vaqtda karbidlab) K. olish usullari ko’proq qo’llaniladi. K. elektr pechlar uchun isitkichlar tayyorlashda, qattiq metallkeramik qotishmalar, issiqqa va olovga bardoshli qotishmalar, abraziv materiallar olishda, uzatma quvurlar, reaktorlar i.ch.da kaytaruvchi va katali- zator sifatida, shuningdek, elektronika- da ko’p ishlatiladi. Ad.: Visokotemperaturnie Karbi- Di, pod Red. G.V. Samsonova, Kiev, 1975, Svoystva, Poluchenie i primenenie tu- goplavkix soedineniy. Spravochnik pod Red. T.Ya. Kosolapovoy, M., 1986. Nusrat Rahmonbekov.