Kosmik nurlar

Kosmik nurlar – erga koinotdan izotrop tushib turadigan yuqori Energi- yali (taxm. 1 dan 1012 GeV gacha) barqaror zarralar oqimi (birlamchi nurlar), shu- ningdek, bu zarralarning atmosferada- gi atom yadrolari b-n o’zaro ta’siridan paydo bo’ladigan nurlar (ikkilamchi nur- lar); ma’lum bo’lgan barcha elementar zar- ralarni o’z ichiga oladi. Er sirtiga faqat ikkilamchi K. n.gina etib keladi. Bir- lamchi kosmik nurlar tarkibi proton va geliy yadrosi (-70%) hamda xar xil yadro- lardan, shuningdek, qisman elektronlar (-1%), pozitronlar va gamma-kvantlar (-0,01%) dan iborat. K.n. oqimi uncha katta bo’lmay, u atmosfera chegarasida -2 zarracha sm ~2-s~’ ni tashqil qiladi. Ammo K. n. o’ta yuqori energiyali zarra- larning tabiiy manbai hisoblanadi. Energiya E ortishi b-n ularning jadal- ligi 1-E ~u = £-0.7*2,2) qonun bo’yicha tez kamayadi. Birlamchi K.n.ning ko’pchiligi Erga Galaktikadan (Galaktik K.n.), ular- ning Quyosh faolligi b-n bog’liq bo’lgan oz qismi, asosan, kichik energiyalilari Quyoshdan (Quyosh K.n.i) keladi; 108 GeV dan yuqori energiyali K. n. Metagalakti- kadan kelsa kerak. Quyosh faolligi ort- gan davrda K.n.ning jadalligi eng kichik qiymatga ega bo’ladi va, aksincha, quyoshda qisqa muddatli xromosfera chaqnashi davrida erga to’shayotgan Quyosh K. n.i oqimi o’zining o’rtacha qiymatidan ming marta ko’payib ketishi mumkin. K.n.ning xususiyatlaridan foydalanib, yadro Fi- zika va astrofizikada keng ko’lamda i. t. ishlari olib boril-moqda. Birlam- chi K.n. atmosferaga kirganda undagi atom yadrolari b-n ta’sirlashadi, bu esa ko’plab zarralar hosil bo’lish jarayoniga va elektromagnit kaskad rivojlanishiga olib keladi. Elementar zarralarning ko’p turlari (pozitronlar, myuonlar, K-mezonlar, A-giperonlar), ularning parchalanishi, o’zaro ta’sirlashishi K. n. yordamida kashf etilgan. Yangi jarayon — yadro elektromagnit kaskad sellari K. n. da aniqlandi. Bu jarayon — modda- da paydo bo’lgan zarralarning yadroviy va elektromagnit ketma-ket ta’siri na- tijasida hosil bo’ladi. Yuqori va o’ta yuqori energiyalar sohasida yadrolarning ta’sirlashishida bir qator tafsilotlar topildi: E ning ortishi b-n o’zaro ta’- sir kesimi logarifmik ravishda ortadi, hosil bo’lgan zarralarning ko’ndalang impulsining o’rtacha qiymati /^-0,4 GeV/s bo’lib, u energiyaning o’zgarishiga bog’liq emas. To’qnashayotgan zarralar o’zaro ta’sirdan keyin energiyasining yarminigina saqlaydi. Hoz. paytda elementar zarralarning xossalari va ularning o’zaro ta’siri yuqori energiyali tezlatkichlar yordamida to’la o’rganilayotgan bo’lsada, lekin o’ta yuqori energiya sohasida (£”0>1015 ev) K.n. yordamida o’rganish bu zarralarning xossalarini o’rganishning yagona manbai bo’lib qolmoqda. Keyingi yillarda K. n. tadqiqotlarining astrofizik yo’nalishiga, jumladan, K. n. ning hosil bo’lish muammolarini, manbalarda yuqrri energiyali tezlanish olishlarini, tarqalishini va yulduzlararo muhitdan o’tishini o’rganishga qiziqish ortmoqda. Buning asosida yangi rivojlanayotgan izlanishlar: gamma va neytrinoga oid astronomiya sohasidagi tadqiqotlar jadal sur’atda rivojlanmoqda. Gamma va neytrino nurlanishlarining yuqori o’tish qobiliyatiga ega ekanligi tufayli, noyob ob’ektlar, ya’ni o’ta yangi yulduz- lar, pulsarlar, lokal gamma nurlanish manbalari haqida yangi ma’lumotlar olinmoqda. Er sun’iy yo’ldoshlari va erdagi qurilmalarda joylashgan gamma-tele- skoplar yordamida atmosferadagi ko’plab elektronlarning (birlamchi gamma- kvantlar tufayli atmosferada elektro- magnit kaskad jarayonini ko’payishidan hosil bo’lgan) Cherenkov nurlanishi qayd etilib, lokal gamma manbalar, Galakti- kadagina emas, balki Metagalaktikaning chegarasidan uzoqda (faol yadroli Galak- tika — Markaryan-421 va 501) topildi. O’ta yangi yulduzlarning portlashi- dan keyin hosil bo’luvchi pulsarlar (tez aylanuvchi neytron yulduzlar) K. n. ning ehtimolli manbalari bo’lib hisoblanadi. Pulsarning elektromag- nit maydonida hamda Galaktikaning yulduzlararo magnit maydonlarida za- ryadlangan zarralar tezlanish olishla- ri mumkin. Zaryadlangan zarralarning harakati diffuziya xarakteriga ega bo’lganligi, o’z navbatida, erga tushayot- gan zarralar oqimining izotropligini tushuntiradi. K. n. ni tadqiq etish elementar zar- ralar fizikasi, yuqori energiyalar astrofizikasi va fizikaviy tajriba texnikasi rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Mas, kosmik tajribalar- da yaratilgan moslashtiruvchi qurilma hisoblash texnikasida ishlatiladi. Bu tadqiqotlar hozirgi paytda tezlatkich- larda olib bo’lmaydigan energiyadagi zarralarning o’zaro ta’siri to’g’risida va koinotdagi kosmik ob’ektlarning strukturaviy o’zgarishlari va katta ener- giya ajralish jarayonini o’rganishda o’z rolini saqlamoqda. K. n. ni 1912 y.da V. F. Gess kashf etgan, R. E. Milliken, rus olimlari D. V. Skobeltsin, S. N. Ver- Nov, frantsuz fizigi P. Oje va b. ularni tadqiq qilishda ulkan hissa qo’shgan. Ll.Azimov S.A., Yuldashbaev T. S, Neuprugie soudaryoniya chastis Bolshoy energii s nuklonami i yadrami, T., 1974; Berezinskiy V. S, Bo’lanov S. V., Ginz- burg V. L., Dogel V. A., Ptusk i n V. S, Astrofizika kosmicheskix luchey, M., 1984;Longeyr M., Astrofizika visokix energiy, M., 1984; Murzin V. S, Vvede- Nie v fiziku kosmicheskix luchey, M., 1988. Toymas Yo’ldoshboev.