ZARAFSHON OKRUGI

ZARAFSHON OKRUGI – Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirgan tarixiy okrug (1868-1886). Samarqand Rossiya tomonidan bosib olingach (1868), Samarqand va Kattaqo’rg’on bekliklari birlashtirilishi natijasida tuzilgan. Keyinchalik Zarafshon okrugiga Panjikent va Zarafshon vodiysi shimoldagi tog’li rnlar qo’shilgan. Zarafshon okrugini boshqarish general-gubernator K. P. fon Kaufman tomonidan tasdikdangan “Muvaqqat Nizom” asosida amalga oshirilgan. 1886 yil 12 iyunda “Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risida Nizom”ning qabul qilinishi bilan Zarafshon okrugi Samarqand viloyati (oblasti)ga aylantirilgan.