ZARBULMASAL
ZARBULMASAL — maqol, matal va ramzli hikoya asosida yaratilgan ta’limiy hikoyalar. Zarbulmasalda muayyan hikoyalar tarkibida, ularning xulosasi sifatida matallar keltiriladi. Ba’zan masal, matallarning mazmuni asosida hikoyalar yaratiladi. Bunday hikoyalar ko’pincha pandnasihat ma’nosida bo’lib, ma’lum g’oyani yoritish uchun xizmat qiladi. Zarbulmasalda majoziy ma’no, kinoya, ramz yetakchi badiiy vosita sifatida qo’llaniladi. “Kalila va Dimna”, “Marzbonnoma”, “Sindbodnoma”, “Qobusnoma” va Sa’diy Sheroziyning “Guliston”i, Muhammad Ali Habaliyning “Jome uttamsil” asari Zarbulmasalga misol bo’ladi. Gulxaniy va Rojiyning “Zarbulmasal” lari, Zarbulmasalning mukammal namunalari hisoblanadi.