Karlik, garanglik

Karlik, garanglik — mutlaqo eshitmaslik yoki quloqning so’zni an- glay olmaydigan darajada “og’ir”ligi. K. tug’ma va hayotda orttirilgan bo’lishi mumkin. Tu G’m a K.ga bola tug’ilayotganda eshituv nervining zararlanishi, ichki quloq yoki eshituv nervining irsiy yoki ona yuqumli kasalliklar (gripp va h.k.) b-n og’rishi natijasida rivojlanmay qolishi, shuningdek, homiladorlik dav- rida, xususan, uning birinchi oylarida onaning turli dorilar yo spirtli ichim- liklar ichishi sabab bo’lady. Hayotda ort- tirilgan K. o’rta va ichki quloq, eshitish nervi yoki bosh miya eshituv markazining yallig’lanish kasalliklari, ba’zi infek- tsion kasalliklar asorati, shuningdek, zararli omillar (mas, shovqin, vibrasiya va b.) natijasida kelib chiqishi mumkin. Davosi K.ning sababiga bog’liq, u ko’pincha kasallanish darajasiga ko’ra olib boriladi. Eshituv nervi jid- diy zararlanganda kar quloq tuzalishi qiyin. Quloq “og’ir” bo’lib qolganda to- vushni kuchaytiradigan asboblar (eshituv apparatlari)dan foydalanish mumkin. Bolalar maxsus maktablarda o’qitiladi (q. Karlar maktabi).