Karer

Karer (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib ola- digan korxona; er qa’ridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil bo’ladigan chuqurliklar majmui. K. bir nechta pog’ona tizimlaridan ibo- rat bo’lib, odatda, yuqoridagi pog’onalar puch tog’jinslarida joylashadi, pastki pog’onalarda foydali qazilma qazib oli- nadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) tog’jinslarini Su- rib ochiladi. Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan ma’lum. Dastlabki katta K.lar qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi b-n bog’liq bo’lgan, keyinchalik K.larda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-a. boshiga- cha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog’jinslarining qariyb 95%, foy- Dali qazilmalarining 70%, qo’ng’ir ko’mirning 90%, toshko’mirning 20% K.lardan qazib olingan. Katta K.larda yiliga o’nlab million tonna foydali qazilma va puch tog’jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta K.lar: “Bogatir” (Qozog’iston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshko’mir va 25 mln.m3 qoplama tog’ jinslari, “Maunt-Rayt”. (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama tog’jinslari, “Fortuna” (Germaniya) — 42,6 mln.t qo’ng’ir ko’mir va 89,2 mln.m3 qoplama tog’jinslari qazib chiqariladi. O’zbekistonda “Muruntov” oltin qazib oladigan K. bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish ko’rsatilgan. “Qalmoqqir” K.ning yil- lik unumdorligi 24 mln.m3 bo’lib, tar- kibida mis, oltin, kumush, qo’rg’oshin, pyx, reniy, osmiy mavjud bo’lgan ruda qazib olinadi. “Angren” K.ida yiliga 3 mln. t atrofida qo’ng’ir ko’mir va Kao- Lin qazib olinadi. O’zbekistondagi 36 marmar va 21 granit K. larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib oli- nadi. Marmar qazib olinadigan G’ozg’on, Jom, Zarband va Nurota K.lari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy K.lari mashhur.