Kaskad
Kaskad (Frans. cascade) — 1) bir necha pog’onaga urilib tushadigan tabiiy yoki sun’iy Shalola. Sun’iy K. istirohat bog’larida har xil sathdagi suv havzalari va pog’onama-pog’ona supachalar tarzida quriladi (yana q. Sharshara); 2) tsirkda qiziqchilarning akrobatik tarzda birin- ketin “yiqilish” usullari; 3) operet- tada qo’shiq jo’rligida ijro etiladigan jo’shqin raqs; 4) gidroelektr stantsiyala- ri kaskadi — bitta Daryo oqimi bo’yicha yoki bir suv havzasiga birin-ketin, bosqichma-bosqich quriladigan va suv xo’jaligi maromi hammasi uchun umumiy hisoblanadigan gidroelektr st-ya (GES) lar majmui (q. GES kaskadi); 5) elektr mashinalari kaskadi — bir-biri b-n mexanik va elektrik tarzda yoki faqat elektrik jihatdan bog’langan ikki yoki bundan ko’p elektr mashinalardan iborat qurilma. O’zgarmas quvvatli va o’zgarmas momentli bo’lishi mumkin. Birinchisi- da qo’shimcha mashinalardan biri aso- siy mashina (dvigatel) o’qiga mexanik tarzda biriktiriladi. Ikkinchisida mexanik biriktiruv bo’lmaydi, balki qo’shimcha mashinalardan biri o’rniga ik- kita elektr mashina ulanadi. K. elektr dvigatellarning aylanish chastotasini ravon va tejamli rostlab turishga im- kon beradi; 6) transformatorlar kaska- Di — ketma-ket ulangan ikki yoki undan ko’p elektr transformatorlar majmui. Yuqori kuchlanishli o’zgaruvchan tokni o’zgartirish yoki undan foydalanish uchun mo’ljallanadi. Bunday K.da transfor- matorlarni pog’onali uyg’otish usuli qo’llaniladi. Bunda har qaysi navbatda- gi transformator o’zidan oldingi trans- formatorning kuchaytiruvchi chulg’amidan uyg’otiladi. Kuchlanishi 1,5—2 MB gacha bo’lgan K.da 4 tadan 8 tagacha transfor- mator bo’lishi mumkin; 7) kuchaytirish kaskadi —tarkibida kuchaytirish ele- menti, nagruzka zanjiri, oldingi yoki ketingi K. b-n bog’lanish zanjiri bo’lgan radiotexnika qurilmasi. Kuchaytirish elementi sifatida yarimo’tkazgichli (tranzistor, tunnelli diod) va elektrva- kuumli elektron asboblar (qabul qilish- kuchaytirish lampalari, klistron) qo’llaniladi. Bunday K. kirishiga be- rilgan signal uning chiqishida (nagruzka zanjirida) kuchayib boradi. Kirish kuch- lanishi (tok, quvvat)ning chiqish kuchla- nishiga nisbatan K.ning kuchlanish (tok, quvvat) bo’yicha kuchaytirish koeffisien- ti deb ataladi.