Kvant generator

Kvant generator – majburiy nur lanish hodisasiga asoslangan mo- noxromatik elektromagnit to’lqinlar generatori. Ishlashi tashqi nurlanish ta’sirida atomlar, ionlar va molekula- larning o’zidan fotonlarni chiqarishiga asoslangan. O’YuCh (o’ta yuqori chastota) diapazondagi birinchi K.g. 1955 y.da N. G. Basov va A. M. Proxorov hamda AQSh olimlari J. Gordon, X. Tseyger va Ch. Ta- uns tomonidan (bir-biridan mustaqil) yaratilgan. Unda faol muhit sifatida ammiak molekulalari NH3 dastasi ish- latilgan, shu sababli u molekulyar gene- rator deb yuritiladi. Hozir molekulyar generatorlarda ammiak molekulalaridan tashqari formaldegid molekulalari, tsianid kislota molekulalari, vodorod atomlari, suv, deyteriylangan ammiak molekulalari va b. ishlatiladi. Mo- lekulyar generatorlarning kamchiligi spektr chiziqlarining murakkab tuzi- lishidadir. Har bir spektr chiziqning o’zi bir-biriga juda yaqin joylashgan chiziqlar to’plamidan iborat bo’lib, ularni radiospektroskoplarda ajra- tish qiyin. Radiodiapazondagi K.g.ning alohida xususiyati — tebranish chasto- tasi so turg’unligining yuqoriligidir (Dyu/sh—10~13). Shuning uchun ulardan chastotaning kvant standarti sifatida foydalaniladi. Optik diapazonda ish- laydigan K. g. 1960-y.larda paydo bo’lib, lazer deb ataladi. Lazerning faol muhiti turlicha bo’lib, unda: kristall, shisha, gaz, suyuqlik, yarimo’tkazgichlar ishlatilgan. K.g. juda qisqa diapazonda yorug’lik to’lqinlari tarqatadi. Birin- chi qattiq jism (yoqut) li K.g. — lazerni 1960 y.da amerikalik fizik T. Meyman, neon — geliy (Ne — ne) gazli genera- torni amerikalik fiziklar A. Javan, U. Bennet va D. Garriot yaratdilar. Optik K. g. yorug’lik manbalaridan o’zining o’ta yuqori monoxromatligi (ya’ni chastotasi- ning turg’unligi) va nurlanish quvvati b-n farq qiladi. Gazli K. g. uzluksiz tartibda 5 kVt gacha nurlanish quvvatiga ega. Qattiq jismli generator esa 1013 Vt gacha nurlanish quvvatiga ega. K.g. ra- diofizika, optika va texnikaning turli sohalarida qo’llaniladi.