Said Ahmad

Said Ahmad (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo’jaev Saidahmad) (1920.10.6, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’zbekiston Qahramoni (1999). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent ras- somlik bilim yurtida, Toshkent pedago- gika in-tida o’qigan (1940-43). “Mush- tum” jur. (1938-39; 1955-57), “yosh leninchi” gaz. (1940-41), O’zbekiston radioqo’mitasi (1941 — 43)da, “qizil O’zbekiston” gaz. (1943— 47) va “Sharq yulduzi” (1948 — 50; 1957-59) jur.da adabiy xodim. Birinchi hikoyalar to’plami — “Tortiq” (1940). “Er yurak” (1942), “Farg’ona hikoyalari” (1948), “cho’l burgu- ti” (1960), “cho’l oqshomlari”, “odam va bo’ron” to’plamlariga kirgan hikoyalarida zamondoshlarining murakkab taqdiri, ruhiy kechinmalari ehtiros b-n aks et- tirilgan. S.A. o’z hikoyalarida Oybek- ning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulomning yumori, Abdulla Qahhor bayo- nidagi lakonizmdan o’rganishga intilgan va ular ijodi S.A.ning yozuvchi bo’lib eti- shishida “darslik” vazifasini o’tagan. Ayni paytda u hajvchi, yumorist sifati- da tanilgan. Ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardan iborat. Romanlarida ham yumoristik yo’nalish muhim o’rin tutadi. Uning yumoristik mahorati “Kelinlar qo’zg’oloni” (1976), “kuyov” (1986) kome- diyalarida yorqin namoyon bo’lgan. “Ke- linlar qo’zg’oloni”dagi xalqona yumor b-n yo’g’rilgan Farmon Bibi millat men- talitetini, o’zligini, kuchli va ojiz jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan betakror obraz darajasiga ko’tarilgan. “Ufq” trilogiyasi (1964-74), “jim- jitlik” romani (1988) adib ijodida alohida o’rin tutadi. “Ufq” romani 20- a. millat hayotining o’n yillik davri — 2-jahon urushi, urush va urushdan keyin- gi yillar voqealarini o’z ichiga oladi. Trilogiyada o’sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko’ksidagi armonlar, shu musibatlarni engishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo’r Ilhom b-n aks ettirilgan. Asarda Ikrom- jon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy ob- razlar yaratilgan. “Jimjitlik” Roma- nida esa sirtdan tinch, sokin ko’ringan sho’ro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati b-n ko’rsatilgan. Asardagi deyarli barcha etakchi personajlar fojeiy qismat ega- laridir. Roman o’zining asov, “bebosh” ifoda tarzi b-n jozibalidir. S.A. istiqlol yillarida ham hayotdagi o’zgarishlar haqida ko’plab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, jo’shqin lirik hikoyalar yaratdi. “Xandon pista” (1994), “Bir o’pichning bahosi” (1995) hajviy to’plamlari, “Yo’qotganlarim va top- ganlarim” (1998), “Qorako’z Majnun” (2001), “Kiprikda qolgan tong” (2003) kitoblari, 3 jildli “tanlangan asarla- ri” (2000) chop etildi. “Yo’qotganlarim va topganlarim”da G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Saida Zunnunova va b. bir qator zabardast o’zbek yozuvchi va shoirlarining jonli qiyofasini badiiy bo’yoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tu- fayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi “Qorako’z Majnun”, “ot bilan suhbat”, “Azroil o’tgan yo’llarda” hikoyalari, qatag’on dav – ri xotiralari b-n bog’liq “borsa kelmas darvozasi”, “taqdir, taqdir…”, “Oftob oyim” hikoyalari, adibning o’zi yaqindan muloqotda bo’lgan ustoz adiblar, teng- doshlari, shogirdlari va, nihoyat, o’z hayot va ijod yo’li haqidagi xotiraessela- ri mustaqillik davri o’zbek adabiyoti- da muhim hodisa bo’ddi. S.A.gagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuyg’ular, beg’ubor hazilmutoibalar b-n yo’g’rilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy o’zbek adabiyotidagi eng yaxshi namunala- ri qatorida turadi. Feleton janrida xam samarali ijod qilgan. 1947 y. “xalq dushmani” sifatida hibsga olingan. Sta- Lin vafotidan so’ng oqlangan. “Kelinlar qo’zg’oloni”, “kuyov” komediyalari hoz. O’zbek milliy akademik teatrida, “Ke- linlar qo’zg’oloni” dunyoning ko’plab mam- lakatlarida sahnalashtirilgan. “Ufq” asari asosida dramalar, “O’zbekfilm” kinostudiyasida “muhabbat mojarosi” filmi (1970) va b. yaratilgan. “Do’stlik” (1996), “Buyuk xizmatlari uchun” (1997) ordenlari b-n mukofotlangan. Ac: Ufq, T., 1976; Saylanma [3 j.li], 1982; tanlangan asarlar [3 j.li], T., 2000; Qorako’z Majnun, T., 2001; kiprik- da qolgan tong, T., 2003. Ad.: Normatov U., Sayd Ahmad [Ada- biy portret], T., 1971; G’afurov I., Pro- zaning shoiri, T., 1984. Umarali Normatov.